Õîëäîð Âóëêàí : äðóãèå ïðîèçâåäåíèÿ.

Ñáîðíèê ñòèõîâ Õîëäîðà Âóëêàíà íà óçáåêñêîì ÿçûêå, íà ëàòûíè. Xoldor Vulqonning "Qadrdon qirg"oqlar" she'riy kitobi lotin imlosida

Ñàìèçäàò: [Ðåãèñòðàöèÿ] [Íàéòè] [Ðåéòèíãè] [Îáñóæäåíèÿ] [Íîâèíêè] [Îáçîðû] [Ïîìîùü|Òåõâîïðîñû]
Ññûëêè:


 Âàøà îöåíêà:

  
  
  
  
  Xoldor Vulqon
  
  
  
  
  
  Qadrdon qirg"oqlar kitobi
  
  
  
  
  
  
  Kuzgi shamollarda
  qayin shovqini
  
  
  
  
  
  
  Hademay yirtilib ufqlar astari,
  Salqin, so"lim tonglar otmog"i tayin.
  Darchadan sen yotgan uyga mo"ralab,
  Shovullayveradi shamolda qayin.
  
  
  G"ozlar chelagini g"iytillatadi,
  Bo"g"zidan to"kilib sog"inch unlari.
  Sening lablaringda ochilar ma"yus,
  Tabassumning kuzgi atirgullari.
  
  
  Olislab ketarkan surnaychi g"ozlar.
  Kuzgi o"rmonlarning ustidan uchib.
  G"ozlarga pichirlab aytgancha vido,
  Sen unsiz yig"laysan qayinni quchib.
  
  
  Yomg"irlar mushugi oynani tirnar,
  Sokinlik tumani qamraydi seni.
  Shahlo ko"zlaringday bo"m -bo"sh va g"arib,
  Qayin shoxlarida qushlarning ini.
  
  
  
  
  
  
  7 dekabr, 2011 yil.
  Kunduz soat 10 dan 20 daqiqa o"tdi.
  Toronto shahri, Kanada.
  
  
  
  
  
  
   Za"faron yaproq
  
  
  
  
  
  Kuzgi bargday g"arib bog"larda,
  Rutubatli o"ylarga botdim.
  So"ng novdadan uchib jimgina,
  Sen o"tguvchi yo"llarda yotdim.
  
  
  Tushib qoldim farrosh qopidan,
  Gulxanlardan qololdim omon.
  Shamollarning harir etagi,
  Sudrab ketdi meni sen tamon.
  
  
  Shitirladi sovuq yomg"irlar,
  Sukunatga cho"mganda borliq.
  Derazanga yopishib qoldim,
  Baxisobi za"faron yorliq.
  
  
  Oynalarda sevinch ko"z yoshi,
  Mayli yig"la, uyalmay xo"ngra.
  Seni ko"rib darchangda bir bor,
  Chirib ketsam roziman so"ngra.
  
  
  
  
  
  
  11 oktyabr, 2011 yil.
  Kunduz soat 2 dan 15 minut o"tdi.
  Toronto shahri, Kanada.
  
  
  
  
  
  
  Sohillarni
  sog"ingan ko"ngil
  
  
  
  
  
  
  To"rg"ay bo"lsam dalalar uzra,
  Tinmas edim muallaq sayrab.
  Jilmaygancha qararding bir zum,
  Ko"zga kafting soyabon aylab.
  
  
  Aylansaydim tipratikonga,
  Men Vatandan ketmasdim badar.
  Oy yoritgan xovlingda yolg"iz,
  Chopar edim to tonga qadar.
  
  
  Olislarda porlar chirog"ing,
  O"rtamizda yig"laydi quvg"in.
  Biz uchrashgan dalada endi,
  G"uvillaydi qop - qora yulg"un.
  
  
  Hayol uchar ukkiday unsiz,
  Sevgi mangu berkingan joyga.
  Termulaman darchadan yolg"iz,
  Hayollari parishon oyga.
  
  
  Tun - qop - qora, yalong"och juvon,
  Unda yo"qdir hayo va sharm.
  Sohillarni g"amgin yoritgan,
  Oy ko"nglimiz singari yarim.
  
  
  
  
  
  19 iyunü, 2011 yil, yakshanba.
  Kundaz soat 10 dan 57 minut o"tdi.
  Toronto shahri, Kanada.
  
  
  
  
  
  
  Masofa
  
  
  
  
  
  Kulrang osmon kulmadi yana,
  Yog"averib yomg"ir charchadi.
  Bu kuz bilmam qachon mag"ribda,
  Oyni tuxum kabi archadi.
  
  
  Ko"zlarimga joylaydi ayoz,
  Tumanlarning unsiz nolasin.
  Kitoblarning varaqlaridan,
  Axtaraman soching tolasin.
  
  
  Uyim vagon singari oddiy,
  Uzoqlashar poyezddek yillar.
  Gudok chalar, olisda, sog"inch,
  Chinqirgandek sohilda fillar.
  
  
  
  
  
  23 iyunü, 2011 yil.
  Kech soat 5 dan 14 minut o"tdi.
  Toronto shahri, Kanada.
  
  
  
  
  
  
  Don Mills
  
  
  
  
  
  Dala etagida qadimiy quyosh,
  Qizarar qontalash jaroxat kabi.
  Suvning badaniga tegib cho"lpillab,
  Bir azim daryoning qaqraydi labi.
  
  
  Qiyillab, chiyillab uchgan qushlarning,
  Shovqin - suroniga muxtoj emas ul.
  Bu daryo suvida oqadi sokin,
  Bulbul tushlariga kirgan atirgul.
  
  
  Bu azim daryoning sohillari yo"q,
  To"lqinlari tuya, tubsiz, o"zansiz.
  Shunday daryolar ham bo"larkan, yo Rab,
  Oydin to"qaylarsiz, Tulki, Ko"zansiz.
  
  
  Bo"yniga eng og"ir toshlarni bog"lab,
  G"arq bo"lgisi kelar har kimning, axir.
  G"arq bo"lgan chog"imda qurib qolma, ey,
  Fredrik Shopen deb atalgan nahr!
  
  
  Don Mills parklarida kezaman yolg"iz,
  Minmayman shaytonning arobasini.
  O"rmonlar ortidan ko"tarilgan oy,
  Yoritar ko"nglimning xarobasini.
  
  
  
  
  25 iyunü, 2011 yil.
  Tungi soat 10 dan 40 minut o"tdi.
  Toronto shahri, Kanada.
  
  
  
  
  
  Bir nuqtaga termuldi borliq
  
  
  
  
  
  
  Junjikkan bekatda o"ychan chehralar,
  Salqin tonglar kabi musaffo tuyg"u.
  Borliqni savalar yomg"ir qamchisi.
  Olisda chaqnaydi ovozsiz qayg"u.
  
  
  Qaraysan, ko"lmakda g"amgin xalqalar,
  Qoniqmas qaqragan dunyoning labi.
  Bir paytlar eng sirli so"zlaringni sen,
  Shivirlarding menga yomg"irlar kabi.
  
  
  Ikkimiz yomg"irlar og"ushida mast,
  Odimlardik boshda soyabon - qalpoq.
  Balki endi tunlar kulbangda yolg"iz,
  Yomg"irlarni tinglab, to"qirsan paypoq.
  
  
  Quvirlar kekirib, yomg"irlar tinar,
  Ko"milar xazonga umrim yo"lagi.
  G"iyt - g"iyt etar kuzgi g"amgin osmonda,
  G"ozlar galasining bo"m - bo"sh chelagi.
  
  
  
  
  
  9 iyulü, 2011 yil.
  Tungi soat 2 dan 36 daqiqa o"tdi.
  Toronto shahri, kanada.
  
  
  
  
  
  Kuzgi oynalarning
  unsiz ko"z yoshi
  
  
  
  
  
  Avjlanadi za"far inqiroz,
  Maosh olmas daraxtlar oylab.
  O"tmay qolgan "Pul"larni farrosh,
  Olib ketar qoplarga joylab.
  
  
  
  Chayqaladi shamollarda mast,
  Ustu boshsiz, yalong"och, karaxt.
  Sevgimizga guvox sohilda,
  Yolg"iz qolgan qadrdon daraxt.
  
  
  
  Savalaydi yomg"ir xivichi,
  Qarar o"ychan tabiat romdan.
  Shovqin solib yomg"ir suvlari,
  Tushgan mahal sharillab tomdan.
  
  
  
  Termulaman sen ketgan yo"lga,
  Derazadan misoli ro"yo.
  Sharsharalar ortida qolgan,
  Ibtidoiy odamday go"yo.
  
  
  
  Soyaboning chertadi yomg"ir.
  Erib borar izlaringda qum.
  Sen ketasan, g"amgin oynalar,
  Odam kabi yig"laydi yum - yum.
  
  
  
  31 iyul, 2011 yil.
  Kunduz soat 1 dan 29 minut o"tdi.
  Toronto shahri, Kanada.
  
  
  
  
  
  Olis oqshomlar
  
  
  
  
  
  Darchalarda botish shu"lasi,
  Balki eshik turar ochilib.
  G"amgin shu"la to"shalgan polda,
  Kitoblarim yotar sochilib.
  
  
  
  Cho"chqaxona tamonda balki,
  Paxtazor jim sukutga cho"mar.
  Yum - yum yig"lab iskabtoparlar,
  Shom hasratin sohilga ko"mar.
  
  
  Yulg"un o"sgan jarlar ustidan,
  Asta sekin ko"tarilar oy.
  Yorishadi mening lablarim,
  Lablaringa muhr bosgan joy.
  
  
  
  Idish yuvib ariq bo"yida,
  U damlarni eslasang gohi.
  O"t - o"lanlar ichra to sahar,
  Chirillaydi sevgi arvoxi.
  
  
  
  
  
  
  9 aprelü, 2011 yil.
  Kunduz soat 3 dan 35 minut o"tdi.
  Toronto shahri, Kanada.
  
  
  
  
  
  Xazonlarga
  ko"mildi yo"llar
  
  
  
  
  Qizg"ish - sariq atlas ko"ylaklarini,
  Ohista yechmoqda hayolchan bog"lar.
  Men seni esladim, kimsasiz ko"cha,
  Kuzgi girvatlarga termulgan chog"lar.
  
  
  
  Tomosha bo"lsada elga avrati,
  Bodi izg"irinda qolsa ham qaqshab,
  Oppoq choyshab ichra uxlamoq uchun,
  Daraxt yechinarkan ayolga o"xshab.
  
  
  
  Sen ham kezasanmi kuzgi bog"larda,
  Qo"lingda xazondan za"faron dasta.
  Qushlarsiz xuvillab qolsa hiyobon,
  Ilohiy sukunat qo"nganda asta.
  
  
  
  Yalong"och novdalar ortidan porlab,
  Darchangdan to"lin oy mo"ralagan payt,
  Adashgan yo"lovchi singari daydib,
  Goho tushlaringa kiramanmi, ayt?
  
  
  
  
  
  
  13 avgust, 2011 yil.
  Kunduz soat 3 dan 23 minut o"tdi.
  Toronto shahri, Kanada.
  
  
  
  
  Niyyat
  
  
  
  
  
  Zulmat chirsillasa chirildoqlardan,
  To"lin oy to"ymasa paykalga qarab.
  Yag"ir do"pping kiyib, yelkangda ketmon,
  Dalalarda yursang yolg"iz, suv tarab.
  
  
  Sokin uvotlarda bo"zraysa fonar,
  Nuriga qo"ng"izlar parvona bo"lsa.
  Muzdek shabbodalar enib sohildan,
  Tun jiyda gullarin hidiga to"lsa.
  
  
  Suvlar yaltirasa alyumin kabi,
  Shabfaraklar uchsa yayrab ovozsiz.
  O"ltirsang porlagan oyga termulib.
  Oddiy suvchi bo"lsang, bo"lsang savodsiz.
  
  
  Shiypon tamondagi so"rida yotsang,
  G"ir - g"ir esaversa tungi shabada.
  Uyg"onsang to"rg"aylar chuldirayotgan,
  O"z ona yurtingda, tongi dalada.
  
  
  
  
  7-avgust, 2010 yil.
  Tungi soat 1 dan 56 daqiqa o"tdi.
  Toronto shahri, Kanada.
  
  
  
  
   Singlim Anoraga
  
  
  
  
  G"urbat sahrosining barxanlarida,
  Men seni eslayman, kunda, kun ora.
  Jilmayib yig"lovchi, yig"lab jilmayguvchi,
  Mening yuvoshgina singlim, Anora.
  
  
  Subhi sodiq mahal taqirlatsalar,
  Tomlar tunikasin yomg"irlar cho"qib.
  O"ltirarsan balki mehrobda yolg"iz,
  So"lim sukunatda nomozing o"qib.
  
  
  Salqin ko"chalarda yuzlaring kesar,
  Ko"z yoshlar suyulgan olmosday oqib.
  Ovozsiz yig"larsan huvillab yotgan,
  Akangning kimsasiz uyiga boqib.
  
  
  Ko"z yoshing bebaho dur kabi asra,
  Tinsin kuzgi suvlar singari asab.
  Daydi shoir akang xovlisida kuz,
  Yursin yaproqlardan gerbariy yasab.
  
  
  
  
  6 avgust, 2010 yil.
  Kunduz soat 8 dan 4 daqiqa o"tdi.
  Toronto shahri, Kanada.
  
  
  
  
  
   Kimsasiz yo"llarda
  
  
  
  
  Suvga cho"kib ketdi bulutlar,
  Ko"rib kuzgi gullar ibosin.
  Qirg"oqlarda yalong"och tollar,
  Suv oqizar bog"lar libosin.
  
  
  Chumchuqlarning telba galasi,
  Shiddat bilan uchar qaygadir.
  Balki daryo sohillarida,
  Sholi pishib yotgan joygadir?
  
  
  Ko"prik uzra yolg"iz yo"lovchi,
  Termuladi suvga, ariqqa.
  Kezar ma"yus, o"ychan qari kuz,
  Sochlarini bo"yab sariqqa.
  
  
  
  
  26 avgust, 2010 yil.
  Kunduz soat 10 dan 58 daqiqa o"tdi.
  Toronto shahri, Kanada.
  
  
  
  
  
  Robinzon
  
  
  
  
  Makonim shu, kimsasiz orol,
  Kemalarning yo"liga boqdim.
  Odimladim misoli qirol.
  Qirg"oqlarda gulxanlar yoqdim,
  
  
  
  Ummonlarga termuldi ko"zim,
  HAQ, menga ham muruvvat ayla!
  Sohillarda yolg"iz bir o"zim,
  Qurdim qamish - quroqdan chayla.
  
  
  
  Xo"rliklarning borday chalasi,
  Bog"ni payxon etibdi echkim.
  Uchar rangli to"ti galasi,
  Hayqiraman, eshitmas hech kim.
  
  
  Yulduzli tun bayroqmi qaro?
  Oy ham undan ketmaydi nari.
  Uxlar havo ummoni aro,
  Kosmosdagi orol - Yer shari.
  
  
  
  
  
  19 iyunü,
  2010 yil. Kunduz soat 2 dan 44 daqiqa o"tdi.
  Toronto shahri, Kanada.
  
  
  
  
  
   Kuzgi Toronto
  
  
  
  
  
  
  Caxro kabi sarg"aysa barglar,
  Bog"lar oxi osmonga yetsa.
  She"rlarimni shamollar yulqib,
  Olislarga uchirib ketsa.
  
  
  
  Yog"aversa yomg"ir maydalab,
  Shivirlasa soyabon qo"lda.
  Ketaversam yaltirab yotgan,
  Poyoni yo"q kimsasiz yo"lda.
  
  
  Kuta - kuta qulasa uy ham,
  Nam xazonga ko"milsa yo"lak.
  Menga hamrox bo"lmasa hech kim,
  Kuzgi sovuq yomg"irdan bo"lak.
  
  
  So"ng yuksalsam mangu osmonga,
  Qolsa yerda qoraygan po"stim.
  Va yig"lasa kuzgi yomg"irdek,
  Men umrimda ko"rmagan do"stim.
  
  
  
  
  
  
  
  2009 yil, 30 oktyabrü.
  Kunduz soat 4 dan 49 minut o"tdi.
  Toronto shahri, Kanada.
  
  
  
  
  Qarg"aga
  
  
  
  
  
  Qarg"a, seni tezakxo"r desak,
  
  Hafa bo"lma, olmagin malol.
  
  Chunki tezak ba"zi odamning,
  
  Luqmasidan ming bora halol.
  
  
  
  Qor qoplagan chorbog"larga boq,
  
  Kumush qordan daraxtlar bo"rki.
  
  Qarr! Qarr! desang tumanlar aro,
  
  Go"zal qishning ortadi ko"rki.
  
  
  
  Seni yomon degan kimsaning,
  
  Komilligi emasdir yaxlit.
  
  Eng yaxshi qush o"zingsan, chunki,
  
  Bulbullarga qilmaysan taqlid.
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  2008 yil, 30 iyulü, dushanba. Tungi soat 2 dan 04 minut o"tdi.
  
  Toronto shahri. Kanada.
  
  
  
  
  Kuzgi daraxt
  
  
  
  
  
  Uchib ketgach janubga g"ozlar,
  Keng dalalar qolganda bo"shab,
  Sen nelarni o"ylaysan daraxt,
  Xazonlarni poyinga to"shab?
  
  
  Shoxlaringda musofir qushlar,
  Chax - chax sayrab qurganmi inlar?
  Nafas rostlab soyangda odam,
  Yayraganmi bag"ringda jinlar?
  
  
  Naylar yasab suyaklaringdan,
  Sozlar chaldim mahzun, purnavo.
  Shovullading shamol shashtida,
  Zumrad quvonch, yam- yashil navo!
  
  
  Termulaman senga uzoqdan,
  Ayozlarda hasratga to"lsang.
  Yalinmaysan, yashaysan mag"rur,
  Va tik turib o"larsan, o"lsang!
  
  
  
  
  
  
  5 noyabrü, 2009 yil, Tong.
  Toronto shahri, Kanada.
  
  
  
  
  
  
   Kuz ilhomlari
  
  
  
  (Aruz vaznida yozilgan she"r)
  
  
  
  
  
  
  Voh, kuzgi daraxt shaklida hayronani ko"rdim,
  Yolg"iz va g"arib, bir dili vayronani ko"rdim.
  
  
  Jim - jit ko"chada o"ynadi raqqosa shamollar,
  Charx urdi hazon girvati, parvonani ko"rdim.
  
  
  Darcham yonidan o"tdi uchib yovvoyi g"ozlar,
  Hijron to"la dil aksida devonani ko"rdim.
  
  
  Qushlar uyasin tutdi daraxt shoxida, yo, Rab,
  Inlarga boqib g"am to"la paymonani ko"rdim.
  
  
  Za"far kapalaklar kabi uchganda xazonlar,
  Barglarga ko"milgan ko"cha , ostonani ko"rdim.
  
  
  Yo"llarga xazonlar to"shadi kuzgi Toronto,
  Boqqancha chinor bargiga Farg"onani ko"rdim.
  
  
  Qalbimda Xudo, Ka"baga o"xshaydi vujudim,
  Sipqorgali ishq bodasi - mayxonani ko"rdim.
  
  
  Do"st topmadi Vulqon bu jahon mulkida izlab,
  Har yerda g"anim, vaxshati begonani ko"rdim.
  
  
  
  
  
  26 oktyabrü, 2010 yil.
  Tongi soat 7 dan 35 minut o"tdi.
  Toronto shahri, Kanada.
  
  
  
  
  
  
   Toronto yomg"iri
  
  
  
  
  
  Vishillaydi yomg"ir iloni,
  Havo giyox xidiga to"ldi.
  Bulutlarning uvadasiga,
  Chaqmoqdan o"t ketmasa bo"ldi.
  
  
  Shitirlaydi sehrli tovush,
  Yo"lga boqar bo"zraygan chiroq.
  Chaqmoq o"pgan, oynadek namxush,
  Maydonlarda yig"laydi firoq.
  
  
  Soqiy osmon quygan xos sharob,
  Quduqlarga to"ldi suzilib.
  Bosib ketdi mashina yo"lni,
  Yo"l yotibdi joni uzilib.
  
  
  
  Tosh kenguru xaltasi balkon,
  Yodga tushdi olis bir ayol.
  Osilgancha shamol dumiga,
  Uchib ketdi ichikkan xayol.
  
  
  
  
  
  
  
  19 iyunü, 2008 yil. Kech soat 8 dan 56 minut o"tdi.
  
  Toronto shaxri. Kanada.
  
  
  
  
  
  
  
  Shamol
  
  
  (Aruz vaznida yozilgan she"r)
  
  
  
  
  
  
  Yam- yashil bog"larda yayrab guvlagan daryo shamol,
  
  Bog"i rog" devona Majnun, sen go"zal Laylo shamol.
  
  
  Qoldi ko"nglim barchadin, kel, senla suxbat aylayin,
  
  To"ldi qirmiz qona bag"rim, ohi vovaylo shamol.
  
  
  
  Sen Diyorim sori esgil, yora yetkurgil duo,
  
  Uchrasa yo"llarda mayus, ko"zlari shahlo, shamol.
  
  
  
  Ey bahaybat kosa osmon, senda kim ichgan sharob?
  
  Dilni maxmur etdi Vaxdat bodasi - sabho shamol.
  
  
  
  Guvlagaysan misli dengiz bahri sohillar aro,
  
  Yordin ayru bo"lsa ummon men uchun saxro, shamol.
  
  
  
  Qolsa g"urbatlarda Vulqon, hoki poyin axtarib,
  
  Qaydasan deb yig"la bo"zlab, bo"lma beparvo, shamol.
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  2009 yil. 31 may. Yakshanba. Kunduz soat 1 dan 34 minut o"tdi.
  
  Toronto shahri, Kanada.
  
  
  
  
  
  
  
  
  
   Otamga maktub
  
  
  
  
  
  Qo"nolmay uchadi kuzgi chumchuqlar,
  
  Gala - gala bo"lib girdibodimda.
  
  Daryo, sholipoya, xayqirgan dexqon,
  
  Sohil jarliklari hamon yodimda.
  
  
  
  Balki singlim o"tin qalab o"choqqa,
  
  Achchiq tutunlarni puflab shishirar.
  
  Ko"xna, qurum bosgan tun tovasida,
  
  Oqshom oydan yana quymoq pishirar.
  
  
  
  
  Kechir otajonim, vatandan ketib,
  
  Buyuk axmoqlikni etibman sodir.
  
  O"rmonda o"tirib esladim seni,
  
  Mung"aydi osmon deb atalgan chodir.
  
  
  
  
  
  Kuzgi tumanlarga xasratli boqib,
  
  Izlaring yomg"irli yo"llarda ivir.
  
  Men esa charog"on tungi shaharda,
  
  Soyaday mung"ayib yozaman shivir.
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  2009 yil, 15 may. Kunduz soat 12 dan 45 minut o"tdi.
  
  
  
  
  
  
   YoLG"IZLIK QO"ShIG"I
  
  
  
  
  Umrimiz yigirib aylanadi charx,
  Zulmatlar qa"rida zanglaydi hilol.
  Psevdoxudolar qahridan qo"rqib,
  Ranging oqarmabdi, muazzin Bilol!
  
  
  Bahor rahbarlardan ruxsat so"ramay,
  Ish qilar biz tuzgan qonunga xilof.
  Tunda chegaradan sezdirmay o"tib ,
  Kiydirar bog"larga yam-yashil g"ilof.
  
  
  Zil - zambil qo"rg"oshin tumanlar aro,
  Bosib o"tdim yo"llar ilonin qancha.
  Kitoblar ko"chkisin ostida qoldim,
  Yulduzlar kiprigin ko"ksimga sancha!
  
  
  Vaqtning och qolgan bolasin yeydi,
  Yelimgul Maddoxi - soqov bulbullar.
  Oqshom derazani ochsam, jo"r bo"lib,
  Mikrafon tutadi jurnalist gullar.
  
  
  Bo"rimikan deyman yo telba shamol,
  Yilg"inzorlar aro mungli uligan.
  Sovuq oynalarga buncha bosh urding,
  Uxlasangchi axir, shoir xuligan.
  
  
  Achchiq chiqillaydi devorda soat,
  Keyin esa birdan jiqillay boshlar.
  Namchil xilvatlarda hiqillar yomg"ir,
  Darchalarning so"qir ko"zida yoshlar.
  
  
  
  Uzoq - uzoqlarda chopar pishqirib,
  Temir yo"lning uchqur po"lat samani.
  Qop-qorong"i olis dashtlar ortida,
  Ma"yus chiroqlarning olmos chamani.
  
  
  
  
  
  2006 yil, 26 may, yarim tun, Bishkek shaxri.
  
  
  
  
  
  
  Kosmik muhojir
  
  
  
  
   Biz intildik osmonga mudom,
   Osmon esa tushibdi yerga.
   Uning suvda cho"milgan chog"in,
   Tasvirlasa sig"maydi she"rga.
  
  
   Zamin hamma narsadan pastdir,
   Deb o"ylama mafkurang buzib.
   Sen pastda deb o"ylagan narsa,
   Yurgan mahal kosmosda suzib.
  
  
   Raketada uchmadim deysan,
   Qo"y, ko"ksinga urmagil pichoq.
   Sen osmonavt, Yer esa qadim,
   HAQ yaratgan bahaybat uchoq.
  
  
   Eng qudratli raketalar ham,
   O"ynolmaydi Yer bilan poyga.
   Chunki yuz yil uchsa ham inson,
   Borar zo"rg"a bir metr joyga.
  
  
   Vaqti kelib ketar avlodlar,
   Minib lappak arobasiga.
   Bizni tashlab ona zaminning,
   Oy yoritgan harobasiga.
  
  
   Yashab o"zga olamlar aro,
   Tumanlikda gulhanlar yoqar.
   Va sog"ingan sayyorasiga,
   Olislardan mung"ayib boqar.
  
  
  
  
   11 iyunü, 2010 yil.
   Kech soat 5 dan 15 minut ?tdi.
   Toronto shahri, Kanada.
  
  
  
  
  ZOR - INTIZOR
  
  
  
  
  Qurg"oqchilik kunlari keldi,
  Saxro kabi qaqragan ko"zga.
  Bu dunyoda bilsang sevgilim,
  Go"zal so"z yo"q ismingdan o"zga,
  
  
  Kengliklarga chiqib ketaman,
  Sog"inchlaring qiynasa yomon.
  So"zanaklar tentirab uchgan,
  Jim , kimsasiz dalalar tamon.
  
  
  Oqshom tushib yaraqlaydi oy,
  Shu"lalarga belanar kiftim.
  Yulduz to"la poyonsiz osmon,
  Dur - javoxir qadalgan shiftim.
  
  
  Qurillaydi baqalar ma"yus,
  Soxilda tun etagin teshib.
  Yuksaladi ko"klarga ruhim,
  Oy nuridan arqonlar eshib.
  
  
  
  
  1999 yil , avgustü . Maslaxat qishlog"i
  
  
  
  
  
  BALKI
  
  
  
  
  Kuzgi shamol va maxzun hayol,
  Yetim kunlar qayg"usi o"zga.
  Cho"kar moviy dubulg"a - osmon,
  Kuzga o"xshab ketguvchi ko"zga.
  
  
  Ko"rdim ko"zing tubida g"amni,
  Arzir edi yig"lasam uvlab.
  Yupun bog"lar bag"ridan uchgach,
  Barglar ketdi shamolni quvlab.
  
  
  Sochlaringday uzun dardlaring,
  Qoshlaringda yillar kuyasi.
  Ko"zing qiri xanjarday o"tkir
  Kipriklaring ko"zyosh uyasi.
  
  
  Balki sen ham muxojir qushday,
  Uchib ketib qolarsan zumda.
  Izlaringda daryolar ingrab,
  Suvlar yig"lar yugirib qumda.
  
  
  Balki endi sensiz o"larman,
  Balki o"lmay kirarman yuzga.
  Termularman balki sog"insam,
  Ko"zlaringa o"xshagan kuzga.
  
  
  
  
  
  
  2001 yil , avgustü. Maslaxat qishlog"i .
  
  
  
  
  
  Hamqishloqlarimga
  
  
  
  
  
  ( Hamqishloqlarim Anhor bo"ylab ketgan
   bir ko"chaga mening nomimni qo"yishmoqchi
   bo"lishganda men e"tiroz bildirgan edim.
   Keyinchalik ushbu she"rni bitdim.)
  
  
  
  
  
  
  
  Shovqin solar oqshom qushlari,
  Bog"lar kiyar qoramtir po"stin.
  Ufq ortiga berkinar quyosh,
  Sotgan kabi dushmanga do"stin.
  
  
  
  Miltillagan ko"k to"la yulduz,
  Son - sanoqsiz yoqilgan shammi?
  Yolg"iz qoldim qog"oz dashtida,
  Shuncha azob chekkanim kammi?
  
  
  
  Oqshom chog"i ochilgan gulga,
  Oy termulib aqldan ozdi.
  Men oydin she"r yozmoqchi edim,
  She"r yozmadim, she"r meni yozdi.
  
  
  Ko"klam chaqmog"idek jimgina,
  Zulmatlarni yoritib o"chdim.
  Ruhim g"urbat etdi ixtiyor,
  Hijrat qildim qog"ozga ko"chdim.
  
  
  Endi mensiz kelsa bahorlar,
  Qizg"aldoqlar bossa tomimni,
  Kapalaklar tentirab uchgan,
  So"qmoqlarga qo"ying nomimni!
  
  
  
  
  
  2001 yil, 9 noyabrü.
  Kech soat 6 dan 50 minutu 15 sekund o"tdi.
  Maslaxat qishlog"i.
  
  
  
  
  
  
  
  
  
   Orzu -havas
  
   (Epifaniya)
  
  
  
  
   Beva ayol dalalarda mehnat qilib, paxta terib, sigir sog"ib, tappi yopib, qurt boqib, pilla topshirib, peshona teri bilan yig"ib - terib, pul to"plab nixoyat, o"g"liga yangi mashina olib berdi.O"g"li rosa quvondi. O"g"lining quvonganini ko"rib onaning ko"zlariga yosh qalqdi. O"lib ketgan erini esladi. Tirik bo"lganlarida o"g"lining mashinasini ko"rib rosa quvonar edilar - deya o"yladi.Bugun ayol o"g"lidan xafa.Negaki, o"g"li yilt yangi mashinani ikki kunda avariya qilib dabdalasini chiqardi.Ayol voqea joyiga yetib borganda ko"rdiki, mashinaning oynalari sinib buferi ichiga kirib ketgan, g"ildirak va boshqa extiyot qismlari atrofda sochilib yotardi. Yaxshiyam o"g"liga zarar yetmabdi. Shunisiga ham shukr - dedi ayol va mashinani supurib, kuraklab, axlat chelagiga tashladi.
  
  
  
   16 avgust, 2010 yil.
   Kunduz soat 8 dan 51 daqiqa o"tdi.
   Toronto shahri, Kanada.
  
  
  
  
  
   Daydi
  
  
  
  
   Oqshom, ko"zim kovaklariga,
   Iztirobning qushi in qurar.
   Singigancha zulmat qa"riga,
   Uzoqlarda poyezd chinqirar.
  
  
   Yulduzlarga boqadi o"tloq,
   Chigirtkani to"lin oy anglar.
   Suzib kelar hayel kemasi,
   Oy langari sohilda zanglar.
  
  
   Gullagan payt jiydalar jarda,
   Kelar eding ko"tarib satl.
   Suv baxona yulg"unzorlarda,
   Biz xijronni qilardik qatl.
  
  
   Sen ilinding oltin tuzoqqa,
   Qafas ichra mung"aygan qumrim.
   Taqdir iti quvdi uzoqqa,
   Yovvoyi dasht, qo"riqday umrim.
  
  
   Sag"ir sevgim sig"magan Dunda,
   She"rlar bitsa arziydi yuzlab -
   Deb daydidim ayozli tunda,
   Ko"z yoshlarim qolguncha muzlab.
  
  
  
  
  
  2008 yil, kuz. Toronto shahri Kanada.
  
  
  
  
  
  
   Bog"lar tushimga kirdi
  
  
  
  (Aruz vaznida yozilgan she"r)
  
  
  
  
   Yor ikkimiz sevishgan chog"lar tushimga kirdi,
   Shovullagan shamolzor, bog"lar tushimga kirdi.
  
   Oydinda birga kezgan tunlar sog"inchi birlan,
   Qor qoplagan zaminda zog"lar tushimga kirdi.
  
   Shomlar yo"lingni poylab, yursam izingda oylab,
   Men telba, ahli olam - sog"lar tushimga kirdi.
  
   Atlas alangasiyda lov - lov yonib o"tarding,
   Qo"sh cho"qqi, ikki qoya, tog"lar tushimga kirdi.
  
   Quyganda sel chelaklab, o"chgach alanga, otash,
   Vulqon dilimda qolgan dog"lar tushimga kirdi.
  
  
  
  
  
   9 iyunü, 2010 yil,
   Kunduz soat 3 dan 27 daqiqa ?tdi.
   Toronto shahri, Kanada.
  
  
  
  
   Hikmat
  
  
  
   Odamzod odamga
   Oyna deydilar.
   Bu to"g"ri, lekin,
   Kulgi xonasidagi kabi
   Qing"ir oynalar ham
   Bordir dunyoda.
   Ularda aks etgan
   Aftingni ko"rib
   Kulasan
   Ya"ni,
   O"pkalab yurmaysan
   Qing"ir oynadan.
  
  
  
  
  
   26 dekabrü, 2007 yil. Toronto. Kanada.
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  Yolg"iz yo"lovchi yoki qishki Toronto
  
  
  
   (Epifaniya)
  
  
  ( Yusuf Rasulga)
  
  
  
  
  
  Qor yog"moqda. Goh qiyalab, goho chirpirab, goho to"zg"ib, sassiz - sadosiz, jimgina yog"ayotir u.
  Oppoq qor uchqunlari aro xuddi son - sanoqsiz meteoritlar ichra yo"rtib borayotgandayman.
  Men shunday ketib borayapman. Shunchaki , maqsadsiz, yolg"iz bir o"zim tentirab
  "Grenobl" dan "Don mills" ko"chasi tamon bormoqdaman. Bo"ralab yog"ayotgan qorda botiniy xotirjamlik,
   yolg"izlik, mangu va mahzun, adoqsiz bir qo"shiq borday, qor yorug"idan ruhim zulmatlari yorishayotganday
  tuyuladi go"yo. Bu qorli yo"llarning kimsasizligi naqadar yaxshi! - hayolimdan o"tkazaman men.
  
  Negaki, men odamlardan tamoman bezdim!
  
  Tropik changalzorlar aro oquvchi Amazonka daryosidagi "Piraniya" deb nomlangan qonxo"r baliqlar
   kabi ko"zlarini chaqchaytirgan kimsalarning qilvir fitnalaridan, adolatsiz, nohaq fisqu fasodlaridan,
  telba nigoxlardan, sayoz, tuzsiz suhbatlardan zerikdim, charchadim, holdan toydim, tinkam quridi!
  
  Men oliy qasrlaru vayronalarga, tg"uriqxonayu qabristonlarga, islovatxonayu ibodatxonalarga,
   plyajlaru qamoqxonalarga bir xil yog"uvchi shoxu gadoga barobar qorning oppoq uchqunlariga belanib boraveraman.
   Mayli, zulmatda yog"ayotgan qor yanada kuchaysin. Mayli, "Flemingdon" o"rmonlaridan bo"rilar galasi chiqib meni g"ajib,
  tilka - pora qilib tashlasin! Pastkash, qo"rqoq, qitmir kalamushlarga, jirkanch bakteriyalarga, mayda mikroblarga ya"ni
  pismiq, nomard kimsalarga yem bo"lgandan ko"ra bo"rilarga yem bo"lish sharaf! Faqat yo"limdan odamzod chiqmasa bo"lgani!
   Sen esa menga e"tibor bermay jimgina yog"aver, qadrdonim Qor! Sen yoqqan saring dildagi qontalash jarohatlar
  ham ko"milib borayotganga o"xshaydi.
  
  Men sening chirpirab uchayotgan oppoq zarralaring aro ketaversam, ketaversam, ketaversam, ketaversam,
  ketaversam va oxiri charchab yiqilsam, muzlab qolsam, odamlardan qutilsam, halos bo"lsam!
   Sen to"xtovsiz yog"ib meni ko"mib yuborsang. Meni hatto bola - chaqalarim toshfonar yoqib tun bo"yi izlasalar ham topa olishmasa!
   Mangu yo"q bo"lib ketsam!
  
  Sen esa yana hech narsa bo"lmaganday yog"aversang, yog"aversang, yog"aversang, yog"aversang...
  
  
  
  
  
  
  
  Hayrat
  
  
  (Marhum do"stim Asqar Maxkam xotirasiga)
  
  
  
  
  
  
  Nechun yalpoq odamlar yuzi?
  
  Nega chaqnar moviy chaqinlar?
  
  Shuvalmoqda nechun tasavvur?
  
  Nega uzoq bo"ldi yaqinlar?
  
  
  
  Qalin, sokin tumanlar nechun,
  
  Dalalarni qoplabdi yaxlit?
  
  Nechun bulbul sayraydi yolg"iz?
  
  Chumchuqlarga qilmasdan taqlid.
  
  
  
  Nega mening ikki ko"zim ko"r?
  
  Axir, bunday emasdi dastlab.
  
  Bu yomg"irlar nega buncha sho"r?
  
  Osmon buncha ketibdi pastlab?
  
  
  
  Nega qalqib chiqmadi ko"z yosh,
  
  Osmonlarga boqqanim zaxot?
  
  Nechun hech kim otmay qo"ydi tosh?
  
  Maxluqlardan qutildim naxot?
  
  
  
  
  
  
  
  
  Xoldor Vulqon
  
  7 iyulü, 2008 yil, kunduz soat 5 : 29.
  Toronto shaxri. Kanada.
  
  
  
  
  
  
  
  KALLA
  
  
  
  
  
  Kallam xum bo"lsaydi,
  
  Unga don - dun solib,
  
  Saqlar edim kalamushlardan.
  
  Aksiga olib kallam
  
  Qovoq ham emas.
  
  Hech yo"q qovoq bo"lsa ham,
  
  Yarab qolar edi
  
  Biron narsaga.
  
  Kallang unda nima? - deysizmi?
  
  Haaaaaaaaaaaa, kallammi?
  
  Kallam tanamdan
  
  O"sib chiqqan kattakon ortiq.
  
  Men uchun kaaaaaaaaaaaaaatta,
  
  "Kattalar" uchun esa
  
  Kichkiiiiiiiiiiiiiina ortiq
  
  Ya"ni, ortiqcha.
  
  
  
  
  
  
  
  Xoldor Vulqon
  
  9 iyulü, 2008 yil. Kechki soat 8 : 07.
  
  Toronto shahri. Kanada.
  
  
  
  
  
  
   Yong"in
  
  
  
  
  Uyg"on, ko"zlaringni ochgil, hoy odam,
  
  Nega beg"amgina yotibsan mudrab?
  
  Quyoshni o"chirish kerakmas, galvars,
  
  Ufq tamon chopmagin shlanka sudrab.
  
  
  
  
  Dushmanning ketiga o"t ketgan emish,
  
  Ketsa ketar, yonsin mash"ala bo"lib.
  
  Shunga ham o"ylanib o"tiribsanmi?
  
  Qo"lingda bahaybat shlanka so"lib.
  
  
  
  
  Qara, buyuk yong"in ro"parasida,
  
  Yorishdi botinu zoxiratimiz.
  
  Mangu o"chmas vaxshiy alanga bo"lib,
  
  Guvillab yonmoqda oxiratimiz!
  
  
  
  
  
  
  
  
  6 iyulü, 2008 yil. Kunduz soat 7 : 48.
  
  Toronto shahri, Kanada.
  
  
  
  
  Cho"lkuvar
  
  
  
  
  Yoshligimda cho"lkuvar edim,
  Kuvar edim cho"llarni yomon.
  Cho"llar mendan Ko"rkib kochardi,
  Kulgim kistar eslasam xamon.
  
  
  Kuvmay desam uyku bermasdi,
  Kuvarlikning mukaddas burchi,
  Bo"ronda kam kuvlayverardim,
  Ko"zda kumning kalampir-murchi,
  
  
  
  Bilsam bekor kuvgan ekanman.
  Daryolarda kuridi suvlar.
  Kasos dunyo ekan bu dunyo,
  Bugun endi cho"l meni kuvlar.
  
  
  
  
  
  
  
  1988 yil. Toshkent.
  
  
  
  
  
  
  Sohilda
  
  
  
  
  Bog"lar hazonini ergashtirgancha,
  Sharqdan esayotir qushlar bo"roni.
  Ko"zlarim suv ombor, kiprigim to"g"on,
  Olisda o"rmalar poyezd iloni.
  
  
  Daryo lablarida chiridi naylar,
  Hayratdan osmonga baqraydi dala.
  Jannat qushlariday bargi hazonlar,
  Uchib o"tib ketdi gala va gala.
  
  
  Za"faron tanazzul, hazon chervoni,
  Namchil oynalarga yopishgan yorliq.
  Daraxt olomoni - vaxshiy g"alayon,
  Yomg"irlarda shishib yig"laydi borliq.
  
  
  Vaqt botqog"ida chirigan yillar,
  Sokin tumanlarning og"ir savoli.
  Ko"nglim oynalarin sindirdi yana,
  Sovuq zulmatlarda hijron shamoli.
  
  
  
  To"lqinlar yig"laydi qumda yugirib,
  Chorloqlar chiyillab shovqin soladi.
  Qayga shoshilyapsan, biroz o"tirgin,
  Hademay ko"zyosh ham qaynab qoladi.
  
  
  
  
  
  
  12 noyabrü, 2004 yil. Yarim tun. Maslaxat qishlog"i.
  
  
  
  
  
  
  Bozorda
  
  
  
  Qo"yimizni sotayotganda ,
  Ko"zlarimdan chiqib ketdi yosh.
  Muxtojlikka la"natlar o"qib,
  Qo"ybozorda egib qoldim bosh.
  
  
  Mehr bilan manglayin silab,
  Rozi bo"lgin - dedim men qo"yga.
  O"sha qo"yni eslayman xamon,
  G"arq bo"lgancha xududsiz o"yga.
  
  
  
  Menku oddiy bir qo"yni sotib,
  Mijjam bo"ldi ko"z yoshga tikan,
  O"z xalqini sotganlarning ham ,
  Ko"zlaridan yosh chiqarmikan?
  
  
  
  
  
  
  1989 yil. Andijon.
  
  
  
  
  
  
  
  Kalishnoma
  
  
  
  
  
  O, orqasi yirtilgan kalish!
  Kiyilaverib maymayib, rangi o"ngib,
  Oqshayib ketgan kalish...
  Buncha og"zing katta bo"lmasa sening?
  Yoki yig"layapsanmi ovozsiz, xo"ngrab?
  Balki esnayotgandirsan
  Kinnachi kabi?
  Yoki kulayapsanmi mening ustimdan?
  Kim biladi,
  Balki,
  Qo"shiq aytayotgandirsan
  Bir paytlar og"zinga kirgan
  Oyog"imni sog"inib, qo"msab...
  
  
  
  
  
  23 may, 2008 yil.
  Kunduz soat 12 dan 56 minut o"tdi.
  Toronto shahri, Kanada.
  
  
  
  
  
  Posskriptum
  
  
  
  Yo"lbarslar yo"q emish O"zbekistonda,
  Ko"payib ketganmish quyonu tulki.
  Semiz - semiz, jirkanch kalamushlarga,
  To"lib ketgan emish Turkiston mulki.
  
  
  
  Birodar, og"zinga qarab gapirgin,
  Malomat qilmasdan har bir nafasda.
  Turkistonda faqat tulki, quyonmas,
  Yo"lbars, Sherlar ham bor, faqat, qafasda.
  
  
  
  
  
   Yo"lchivin
  
  
  
  
  
   Muqaddas xandaklar ustida minglab,
   Chevar o"rgimchaklar to"qiydi kashta.
   Aqldan ozasan jimlikni tinglab,
   Ne bor u davrada, bo"shliqda, dashtda?
  
  
   Yirtig"i hayxotdek ro"molcha bilan,
   Yig"lab bormoqdasan, do"stim qayonlar?
   Osmonga qo"l cho"zib Xudodan tilan,
   O"ziga nish urib o"lgay chayonlar.
  
  
   Oxurda uxlama, uyg"ongil, yetar,
   Yovlar ko"rinsa ham ko"zinga do"stdak.
   Xademay yomg"irlar qiyshayib ketar,
   Qovjirar maysazor - yam - yashil po"stak.
  
  
   Qor desanti endi yog"ar begumon,
   Sen uzoq yig"laysan qo"lingda lungi.
   Quyuqlashar sovuq zulmatli tuman,
   Shamolda xilpirar zaminning yungi.
  
  
  
  
  
  
   26 avgust, 2010 yil.
   Tungi soat 10 dan 13 daqiqa ?tdi.
   Toronto shahri, Kanada.
  
  
  
  
  
   Qo"rqinchli uchrashuv
  
  
   (Epifaniya)
  
  
  Shuxrat Ahmadjonovga bag"ishlanadi.
  
  
  
  
  
  
   Men hozir yozmoqchi bo"lgan voqea balki sizning hayotingizda yuz bermagandir. Gap shundaki, men o"zim majburiy muxojir sifatida yashayotgan ajnabiy shahrida xuddi o"zimga o"xshaydigan odamni ko"rib, hayratdan dong qotib qoldim. O"zingizga o"xshaydigan qiyofadoshingizni uchratsangiz, g"alati axvolga tushib qolar ekansiz odam. Balki bu gaplarimga siz ishonmayotgandirsiz. Lekin, nachora, bu haqiqat. Qarasam, quloqlarimiz ham, burnimiz ham, og"zimiz, ko"zlarimiz, hatto ko"zimiz ostidagi xolimiz ham bir xil. Qiyofadoshimning rangi oqarib ketganidan bildimki, u ham meni ko"rib qo"rqib ketdi. - Yo, alxazar! - deyman nuqul. Axir, o"zingiz o"ylang, bu shaharda meni axmoq qilish uchun qiyofam aks etgan niqobga buyurtma berib, so"ng uni kiyib hazil qiladigan bekorchi do"stlarim yo"qda. Shu payt miyyamda paydo bo"lgan fikrdan vujudim seskanib, tepa sochim tikka bo"ldi go"yo. "Tushunarli. Bu ablax meni ta"qib etish uchun mahsus yuborilgan bironta josus bo"lsa kerak" degan mudxish fikr keldi miyyamga. G"azabim qaynadi. Keyin o"zimni tutolmay: - Ha, iflos! Vatanga sig"dirishmading! Endi chet eldayam tinchlik bermaysanmi?! - deb turib kutilmaganda uning yuziga musht tushirdim. Musht zarbidan ko"zgu sinib, chil - parchin bo"ldi.
  
  
  
  
   25 sentyabrü, 2010 yil.
   Kunduz soat 3 dan 01 minut o'tdi.
   Toronto shahri, Kanada.
  
  
  
  
  
  
   Mehrob
  
  
  
  
   U shubhali qarardi dinga,
   Vujudini maxv etgan kibr.
   Dili to"lgan adovat, kinga,
   Sovuq turqi shimoliy Sibir.
  
  
   U sevgan oy nursiz ekanin,
   Anglab ko"zdan oqizdiku yosh.
   Yorug"likning manbayi, bilsa,
   Yonayotgan jafokash quyosh.
  
  
   U quyoshdek ziyo tarqatib,
   Yonib bitganlarni ko"rgandi.
   Barchaga teng mehr ulashgan,
   Quyoshdan ko"p narsa o"rgandi.
  
  
   Oxir anglab yetdi u HAQni,
   So"ng uyatdan boshini egdi.
   Shunda boshi sajdaga emas,
   Sajda uning boshiga tegdi.
  
  
  
  
  
  
   23 sentyabrü, 2010 yil.
   Kunduz soat 1 dan 38 minut ?tdi.
   Toronto shahri Kanada.
  
  
  
  
  
  
  Ilmoq
  
  
  
  
  Siz nazarga ilmaysiz meni,
  Yaxshiyam ilmaysiz
  Ilsangiz agar,
  Elu xalqqa kulgu bo"lardik.
  Chunki, men novchaman.
  Nazaringiz esa
  Haddan ziyod past.
  
  
  
  
  
  2001 yil, 21 yanvarü, tungi soat 9 dan 21 minut o"tdi.
  Tashqarida qor yog"yapti. Maslaxat qishlog"i.
  
  
  
  
  Xotirjam odam
  
  
  
  
  Yomg"ir shivirlaydi quloqlarimga,
  Ko"chada odamlar lavasi oqar.
  Avtosuvaraklar qatnagan yo"lga,
  O"ychan yo"lovchilar parishon boqar.
  
  
  Chaqdi ko"zlarimni achchiq tutunlar,
  Qayrildim yomg"irli, kimsasiz boqqa.
  Yaldo tunlarida qoralamadan,
  Sochu soqolimni ko"chirdim oqqa.
  
  
  Men ham asli jonli kiyimilgichman,
  Soyabon orzusi bag"rimni o"ygan.
  Ancha bo"ldi yo"llar g"adir-budur deb,
  Kiyimimda dazmol qatnamay qo"ygan.
  
  
  Takabbur emasman, uxlagim kelsa,
  Ostimga bo"yra ham to"shayveraman.
  Bu yerdan haydasa o"gay zamona,
  Xotiralarda ham yashayveraman.
  
  
  O"ksinib yurmayman bo"lmasa uyim,
  Bo"lmasa sigirim, bo"lmasa echkim.
  Xotira bo"ysunmas boshqarmalarga,
  Xotiradan meni haydolmas hech kim!
  
  
  
  
  2002 yil, kuz. Andijon.
  
  
  
  
  
  
  Yoz oqshomi
  
  
  
  
  Olovi tortilgan o"choqday dunyo,
  Oqshom qashshoq emas, tovushlarga boy.
  Hademay yorishar oydin sukunat,
  Yorishar kimsasiz, ovoz yetmas joy.
  
  
  Hayratdan ag"rayib qoladi gullar,
  Ruhimga bahsh etib halovat, huzur.
  Gulni ag"raytirib qo"ygani uchun,
  Oy so"rab o"tirmas bizlardan uzr.
  
  
  Oydinda oqargan sokin dalalar,
  Osmon gumbazida tamosha tekin.
  G"amlari uxlagan mudroq dunyoda,
  Men seni sog"ina boshlayman sekin.
  
  
  
  
  2003 yil, 29 iyulü.Ertalabki soat 9
  Maslaxat qishlog"i.
  
  
  
  
  
  
  Imlo
  
  
  
  
  Oyog"im ostida ko"hna loykitob,
  Sirli har jumlasi, sehrli xarfi.
  Qo"riqchi qorong"u dalada qo"rqar,
  Ajdar shamollarda xilpirab sharfi.
  
  
  Tilanchi daraxtlar qo"llarin cho"zib,
  Shamollardan so"rar lungilik, shimlik.
  Muzdek havolarda kezar qor xidi,
  Shamol shovqiniga to"ladi jimlik.
  
  Bulutlar po"stagin yopingan osmon.
  Tayyorlay boshlaydi samoviy nutqin.
  Qor shamoli yolg"iz mast yo"lovchining,
  Sochu soqoliga qo"ndirar uchqun.
  
  
  Bo"ronli zulmatda chirpiraydi qor,
  Qarayman qorlardan oqargan yoqqa.
  Shudgor qing"ir - qiyshiq qoralamasin,
  Ohista ko"chira boshlaydi oqqa.
  
  
  
  
  2001 yil, 9 dekabrü.Tong.
  Maslaxat qishlog"i.
  
  
  
  
  Sadoqat
  
  (Epifaniya)
  
  
  
  
  Qachon qarasam shu joyda turganing turgan. O"tgan safar oppoq gulli ko"ylakda eding. Naqadar yarashar edi senga o"sha ko"ylak! Mana oradan shuncha kunlar, shuncha oylar o"tibdi hamki, sen hamon o"sha joydasan. Faqat ko"ylaging boshqa. Quloqlaringda qizil baldoqlar. Kimnidir kutasan. U esa kelmaydi. U haqda shunchalar og"ir hayollarga cho"masanki, la"ldek tovlanayotgan qizil baldoqlaringni qushlar cho"qib ketsa ham e"tibor bermaysan. Uni shunchalar qattiq sevasanmi? U kim? Kimni bunchalar qattiq sevib qolding, derazam yonida o"sgan gilos?..
  
  
  
  
  1994 yil, bahor.Maslahat qishlog"i.
  
  
  
  
  
  
  
  Yulduz
  
  
  ( Epifaniya)
  
  
  
  
  Qarashlaring nega bunchalar ma"yus, jim - jit kechada tomim uzra porlayotgan yulduz? Sevib qolgan odam ko"zlariday bedor nigoxingda xorg"inlik shu"lasi.Sen bolalikning oydin kechalari men yotgan so"ri ustidan esgan sarrin shabboda shashtida titrayotgan va oy shu"lasida kumushdek yaltirayotgan yaproqlar aro shunday termular eding. Seni tungi daryo sohillaridagi baland jarlar poyini yalab oqayotgan shiddatli oqimda, to"qayzor tamondagi daryoning toshlari ko"rinib yotgan sayoz kechuvida, oydin sholipoyalarning oynadek tiniq suvlarida, iskabtoparlar g"ing"illab "Yor-yor" aytayotgan o"tloqlar aro oqqan ariqning billur mavjlarida ko"p bor ko"rganman. Qadimiy kitob varaqlariday qizg"ish yaproqlarni sarosar shamollar noma"lum yoqlarga uchirib ketgan hazonrez oqshomlarda juldur bulutlar tirqishidan mo"ralagan ma"sum, osoyishta onlaring hamon yodimda.Qaxrli qish kechalari paqirga magnitday yopishgan alyumin cho"mich ichidagi muzlagan suvda bir dona tuz zarrasiday g"amgin shu"lalar taratgan chog"laringni yolg"iz qolgan kezlarim derazadan qirov uvildiriqlari qoplagan kimsasiz daraxtzorlarga termulganimcha sog"inib eslardim. Ayniqsa, tungi ayozdagi simdorda muzlab qotib qolgan ko"ylagimni simdan ajratib olib uni taxtadek qo"ltiqlaganimcha yolg"izlik egallab olgan xonamga kirib ketayotib qarasam o"shanday porlab turgan eding. Sen hamon olmos zarrasiday tomim uzra porlab turibsan. Eshik-derazasiz, mo"risiz uyimning tipratikanlar teshib tashlagan temir panjarali tuproq tomi uzra.
  
  
  
  
  Xotira
  
  
  
  
  
  Unutmayman endi hech qachon,
  O"sha qayg"uli tongni.
  O"chgan chiroqlarni,
  Oqarishib kelayotgan
  Olachalpoq osmonni,
  Yiroqlarni.
  Fil suyagi kabi
  Oppoq qo"llaru
  Shunday jussani.
  Muyulishga yetganimda
  Ko"zim girdobiga
  Cho"kkan g"ussani.
  Endi u joylarga bormayman,
  Borsam
  Shamollar yig"laydi
  Qamish tilida.
  
  
  
  
  Sirdaryo
  
  
  
  ( Sohiba Ashurovaga)
  
  
  
  
  
  Suv ichgani kelgan kiyikdek,
  Oyoq qo"yding toshli sohilga.
  Va termulding g"alayon solib,
  Toshlarga bosh urgan johilga.
  
  
  Qatra - qatra ko"z yoshing to"kib,
  Xasratingni suvlarga aytding.
  Sirlarimni saqlagil, daryo -
  Deb sohildan ohista qaytding.
  
  
  Bu dunyoda yolg"izgina men,
  Xasratingni tushunib yetdim.
  Va ayrilmas sodiq do"st bo"lib,
  Sirlaringni oqizib ketdim.
  
  
  
  
  
  1996 yil, kuz. Andijon shahri.
  
  
  
  
  
  Mezbon
  
  
  
  
  Soatiga oltmish km. Tezlikda,
  Sharqdan esayotir qushlar bo"roni.
  Ko"zlarim suv ombor, kiprigim to"g"on,
  Olisda o"rmalar poyezd iloni.
  
  
  Daryo lablarida chiridi naylar,
  Hayratdan osmonga baqraydi dala.
  Jannat qushlariday bargi hazonlar,
  Uchib o"tib ketdi gala va gala.
  
  
  Za"faron tanazzul, hazon chervoni,
  Namchil oynalarga yopishgan yorliq.
  Daraxt olomoni - vaxshiy g"alayon,
  Yomg"irlarda shishib yig"laydi borliq.
  
  
  Vaqt botqog"ida chirigan yillar,
  Sokin tumanlarning og"ir savoli.
  Ko"nglim oynalarin sindirdi yana,
  Sovuq zulmatlarda hijron shamoli.
  
  
  To"lqinlar yig"laydi qumloqni yalab,
  Chorloqlar chiyillab shovqin soladi.
  Qayga shoshilyapsan, biroz o"tirgin,
  Hademay ko"zyosh ham qaynab qoladi.
  
  
  
  12 noyabrü, 2004 yil. Yarim tun. Andijon shahri.
  
  
  
  
  Bolalik
  
  
  ( Tuxfa xola xotirasiga)
  
  
  
  
  Chetan bilan o"ralgan bog"lar,
  Giloslarning bag"ri qonaydi.
  Yilg"inzorlar tamonda Kakku,
  Mening qolgan umrim sanaydi.
  
  
  G"urillaydi tolzorda g"urrak,
  Traktorlar tashlaydi langar.
  Ko"z ilg"amas poyonsiz osmon,
  Muzlatgichi buzulgan Angar.
  
  
  Tirillaydi olisda moped,
  Dala yo"lda ko"tarilar chang.
  Odamlarni choyga chaqirib,
  Oshpaz xotin ura boshlar zang.
  
  
  Tang! Tang! Tang! Tang!
  
  
  
  
  
  O"zbek bahori
  
  
  
  
  Yulduzlar yaraqlab porlayveradi,
  Ularning changini hech kimsa artmas.
  Yulduzlar hasratin anglamoq uchun,
  Guseyn Guslyar bo"lish ham shartmas.
  
  
  "Bahor qo"shig"i" deb daraxtlar uchun,
  O"tkazilsa agar tanlov, ko"riklar,
  Birinchi o"rinni olardi albat,
  Jo"r bo"lib gullagan bizning o"riklar.
  
  
  Ular gullayverar oppoq qo"shiqni,
  Qarsagu olqishlar qilmaydi talab,
  Shon so"rab markazga yo"llamas maktub,
  Arralab, yoqsang ham o"choqqa qalab.
  
  
  Bu go"zal kontsertga kirishing mumkin,
  Bo"lmasa ham chiptang, puling yo tillang.
  Oppoq qo"shiqlardan ochilar hatto,
  Ruhing kapalagi berkingan pillang.
  
  
  
  
  
  2004 yil, bahor Andijon.
  
  
  
  
  Tazarru
  
  
  
  
  Men osmonni ikkiqat debman,
  Kechiringlar, yettiqat ekan.
  Sanchilar deb bulutlar, qo"rqar,
  Iyagimda o"stirsam tikan.
  
  
  Kechiringlar, mening ko"zimga,
  Ko"rinibdi misoli bezak.
  Sigirlarning nodir asari,
  Atirgulga o"xshagan tezak.
  
  
  Uzr, pisand etmagan bo"lsam,
  Nazokatli kimsalar didin.
  Ustun qo"yib Farang mushkidan
  Daladagi Burganlar xidin.
  
  
  Ma"zur tuting, o"xshasa agar,
  Barmoqlarim semiz qurtlarga.
  Va kuzatsam sizdan beruxsat,
  Turnalarni olis yurtlarga.
  
  
  Uzr, odam xisoblab sizni.
  Borgan bo"lsam ba"zan topinib.
  Xayr endi, Vaqt kech bo"ldi,
  Men uxlayin yerni yopinib.
  
  
  
  
  
  Kuzatish
  
  
  
  
  Jilmaygancha ko"z yoshlaringni,
  Yashirasan, aldab netasan?
  Men perronda qolaman yolg"iz,
  Sen poyezdda yig"lab ketasan.
  
  
  Jiqqa yoshga to"lgan ko"z bilan,
  Yo"l olasan uzoq ellarga.
  Yugiraman poyezd ortidan,
  So"zlar uchar sovuq yellarga.
  
  
  Chirpiraydi poyimda xazon,
  Dekabrning bodlari yelar
  Xuvillagan perronda turib,
  Poyezd kabi chinqirgim kelar.
  
  
  
  
  1992 yil , dekabrü , Toshkent Talabalar shaxarchasi
  
  
  
  
  
  
  ADIBA UMIROVAGA
  
  
  
  
  
  Ko"kda bulutlarning oltin po"stagi,
  Ruhimda sog"inchga o"xshash kechinma.
  Senga nima bo"ldi, hayosiz daraxt?
  Mening ko"z o"ngimda bunday yechinma!
  
  
  
  Dala so"qmog"ida yolg"iz yo"lovchi,
  Uning kimligini qayoqdan anglay.
  Bo"ynimga chirmashar yillar iloni,
  Osmon - tanglay, qaro shudgorlar - manglay.
  
  
  
  Xamdarlik bildirib pichirlar yomg"ir,
  Bo"ysunmas vujudga mustaqil poyam.
  Tuyoqlarga o"xshar tuflilar, yo, Rab,
  Nega yig"layapsan, bukchaygan soyam?
  
  
  
  Majnuntol kokilin o"rganda shamol,
  Chittaklar o"qirdi bog"larda bayoz.
  Olmos oynalarga endi, extimol,
  Muzdan asar ishlar musavvir ayoz.
  
  
  
  Fonar shu"lasida qor qo"zg"aloni,
  Shamollar borliqni varaqlab o"qir.
  Zexnlari o"tkir, tirishqoq, lekin,
  Sho"rlik shamollarning ko"zlari so"qir.
  
  
  
  Muvaqqat dunyodan o"tib boramiz,
  Loqayd zulmatlarda charog"on kunsiz.
  Tilsiz poyafzallar ostonalarda,
  Og"zin ka - a - atta ochib yig"laydi unsiz.
  
  
  
  
  5 iyunü , 2005 yil . Andijon shahri ,
  Lermontov ko"chasi , 10 - uy .
  
  
  
  
  
  SADOQATLI ChIRILDOQ
  
  
  
  
  Oqshom. Dala xovli, o"yga cho"masan,
  Xonang derazasin bog"larga ochib.
  Menchi kiprik qoqmay turaveraman.
  Ering kelganda ham ketmayman qochib.
  
  
  Esingdami, seni firoq o"tida,
  Kuydirib bir zamon ketgandim o"lib.
  Mana, tag"in qaytib keldim yoningga.
  Qaytadan tirilib, chirildoq bo"lib.
  
  
  Xovlingda buncha ko"p bo"lmasa gullar?
  Yo bugun bayrammi? Gullar saylimi?
  Sevgilim, shu gullar ochilib yotgan,
  Xovlingda chirillab yursam maylimi?
  
  
  
  
  
  1999 yil , avgust , Toshkent , tunggi soat 12 yarim .
  Do"rmon . Yozuvchilar ijod bog"i . 1 - korpus , 3 - qavat , 52 - xona .
  
  
  
  
  
  QADRDON QIRG"OQLAR
  
  
  
  (Bolalikdagi qo"shnimizning qizi Guliga )
  
  
  
  
  Oqar edi daryo yoyilib,
  Sensiz go"yo yashardim xumda.
  Oyog"ingni o"pardi suvlar,
  Erir edi izlaring qumda.
  
  
  Uchrashganda telbalar kabi,
  So"zlasholmay qolardik tildan.
  Yo"llaringda muxtoj nigoxim,
  Uzoq edi sekundlar yildan.
  
  
  La"l, javoxir yulduzlar ila,
  Tun osmoni ketganda boyib.
  Uxlar eding baland so"rida,
  Sochlaringni daryoday yoyib.
  
  
  Dalalikda kesishgan yo"llar,
  Ko"zlarimdan mixlagan xoching.
  Qirg"oqlarim qo"porgan daryo -
  Yot yostiqqa yoyilgan soching.
  
  
  Balki hamon bizsiz soxilning,
  To"lqinlari bir - birin quvar.
  Qoradaryo oy laganida,
  Yulduzlarni oltindek yuvar.
  
  
  
  
  
  2006 yil , 8 iyulü , soat 14 dan 41 minut o"tdi .
  Bishkek shaxri , Sovetskaya ko"chasi ,128 -uy ,
  39 - kvartira . G"ariblikda yozildi .
  
  
  
  
  DERAZA ORTIDAGI ODAM
  
  
  
  
  Qish kechasi, tinmay yog"ayotir qor,
  Borliq sukunatga, hayolga tolgan.
  Maylimi darchadan qorga qarasam?
  Bu deraza shaxsiy, otamdan qolgan,
  
  
  Yorug" bilyardxona sharlar tovushi,
  Mening o"ylarimga uradi darra.
  Derazamga qo"nib erib ketdiku,
  Buncha oz yashadi beg"ubor zarra?
  
  
  Mastona qiyqiriq yangrar qaydadir.
  Bir odam chayqalar sarmast yalanib,
  Telpagin ko"ziga bosib yig"lar u,
  Oppoq chivinlarga talanib.
  
  
  Yorug" bilyardxona, sharlar tovushi,
  Borliqqa qo"shilib o"yga tolaman.
  Otamdan esdalik derazamni jim,
  Buklab, cho"ntagimga solaman.
  
  
  
  2004 yil , 22 fevralü . Yakshanba , kechki soat 5 minuti kam 5 . Maslaxat qishlog"i .
  
  
  
  
  
  
  QISh SIMFONIYaSI
  
  
  
  
  Yop - yorug" zulmat ichra,
  Qora rangli qorlar yoqqanda.
  Men qorong"i xonaga kirib
  Pechkaga qalayman
  Oppoq ko"mirni.
  So"ngra yog"ayotgan qora qorlarga,
  Derazadan g"amgin termulib,
  Sen yomon degan.
  Yaxshi odamlar haqida.
  Sen yaxshi degan
  Yomon odamlar haqida
  O"ylay boshlayman.
  
  
  Shunday qarshilayman
  Qora tonglarni.
  
  
  
  
  1992 yil. Kuz.
  
  
  
  
  
  INTIZOR
  
  
  
  
  Qarshimda lallayar vaxshiy sukunat,
  Uzoqlarda kuyib tugamoqda kun.
  Olisda onamday qo"l siltayotgan,
  Daraxtlar panjasi uzilar beun.
  
  
  Oq chiziq umurtqa pog"onalari,
  Ajdarho ilonday cho"zilgan yo"lim.
  Mening ko"zlarimni yeydi ko"chalar,
  Yillar to"rvasida ugulgurji o"lim.
  
  
  Bizlarni ichikib sog"inar Toshkent,
  Xaloyiq metrodan chiqadi bizsiz.
  Xazonlarni yulqib keng - mo"l shamollar.
  Odamlar ortidan ergashar izsiz
  
  .
  Hayolingdan asta yorisha boshlar,
  Nursiz xilvatlarda qadam yetmas joy.
  Sen soqov jimlikda sokin ruhimning,
  Qorli dalasidan ko"tarilgan oy.
  
  
  Chiroqlar limonday yetildi yana,
  Yorug" qovoqxona, mastona g"ovur.
  Gulim, unitmasman munis chehrangni,
  Toki mavjud ekan ko"zguda xovur.
  
  
  
  
  2003 yil. 27 noyabrü . Erta tong .
  Maslaxat qishlog"i .
  
  
  
  
  
  
  SAYG"OQ
  
  
  
  
  Yovuzlardan bezib chekingan joying,
  Jazirama saxro, bepayon qumlik.
  Quturgan ajdardek goxida quyun,
  Yaydoq kengliklarda qilarmi shumlik?
  
  
  Zavr qumtepalar ortida oqshom.
  Urg"ochi shakallar galasi uvlar,
  Shifobaxsh shoxlaring sabab ovchi ham,
  Qiyqirib miltiqdan o"q uzib quvlar.
  
  
  O, sayg"oq, begunox, quvg"indi jonvor,
  Qismatlar mushtarak, ketaman o"ylab.
  Meni xam quvlashar saxrolar aro,
  Chopaman sen kabi ufqlar bo"ylab.
  
  
  Zafaron ufqlarda chopaman badar,
  Quvg"inga sababdir botinim, g"aybim.
  Seni shoxing uchun ovlashar, mening
  Boshimda shoximning yo"qligi - aybim.
  
  
  
  
  
  2000 yil ,11 iyulü , oqshom .
  Maslaxat qishlog"i .
  
  
  
  
  
  SIRLI MAKTUBLAR
  
  
  
  
  Daraxt menga yo"l bo"shatadi
  O"tganimda shu yo"ldan doim.
  Va daraxtning sarg"ayib ketgan
  Xatlariga ko"milar poyim.
  
  
  Daraxt sho"rlik maktublarini
  Kimdir olib o"qishin poylar,
  Maktublarin olis - olisga
  Olib ketar po"chtachi soylar.
  
  
  Sevib qolgan kimnidir daraxt,
  Sevgan yori yozmaydi javob,
  Xatlarini yashirib o"qib
  Yig"lab - yig"lab etmaydi tavof.
  
  
  Daraxt har yil yozaveradi,
  Siyox, dastgox, qalam, dovotsiz,
  Xatlarini xech kim o"qimas,
  Uning sevgilisi savodsiz.
  
  
  
  
  1991 yil , kuz , Toshkent shahri .
  
  
  
  
  
  
  TOShBITIK
  
  
  
  
  Faqat osmon bilan tirikmas inson,
  Yashab bo"lmaydiku qadrdon yersiz.
  " Yashasa bo"ladi " deyishing mumkin,
  G"arlar yashaganday jaxonda ersiz.
  
  
  
  Yashab bo"lar dersan quyoshsiz xatto,
  Oydin dalalarsiz, tumansiz, qorsiz.
  Vatansiz va Erksiz, tutqun qul bo"lib,
  Yashash ham mumkindir g"urursiz, orsiz.
  
  
  
  Xatto xudosiz ham yashash mumkindir.
  Yashashing mumkindir olamda mensiz.
  Qabrtoshim urib qarg"ama, chunki,
  Men yashay olmadim dunyoda sensiz.
  
  
  
  
  2000 yil , 8 iyulü , Maslaxat qishlog"i .
  
  
  
  
  
  ZOR - INTIZOR
  
  
  
  
  Qurg"oqchilik kunlari keldi,
  Saxro kabi qaqragan ko"zga.
  Bu dunyoda bilsang sevgilim
  Go"zal so"z yo"q ismingdan o"zga,
  
  
  
  Kengliklarga chiqib ketaman
  Sog"inchlaring qiynasa yomon,
  So"zanaklar tentirab uchgan
  Jim , kimsasiz dalalar tamon.
  
  
  
  Oqshom tushib yaraqlaydi oy
  Shu"lalarga belanar kiftim
  Yulduz to"la poyonsiz osmon
  Dur - javoxir qadalgan shiftim
  
  
  
  Qurillaydi baqalar ma"yus
  Soxilda tun etagin teshib
  Yuksaladi ko"klarga ruxim
  Oy nuridan arqonlar eshib.
  
  
  
  
  
  1999 yil , avgustü . Maslaxat qishlog"i .
  
  
  
  
  
  BALKI
  
  
  
  
  Kuzgi shamol va maxzun hayol,
  Yetim kunlar qayg"usi o"zga.
  Cho"kar moviy dubulg"a - osmon,
  Kuzga o"xshab ketguvchi ko"zga.
  
  
  Ko"rdim ko"zing tubida g"amni,
  Arzir edi yig"lasam uvlab.
  Yupun bog"lar bag"ridan uchgach,
  Barglar ketdi shamolni quvlab.
  
  
  Sochlaringday uzun dardlaring,
  Qoshlaringda yillar kuyasi.
  Ko"zing qiri xanjarday o"tkir
  Kipriklaring ko"zyosh uyasi.
  
  
  Balki sen ham muxojir qushday,
  Uchib ketib qolarsan zumda.
  Izlaringda daryolar ingrab,
  Suvlar yig"lar yugirib qumda.
  
  
  Balki endi sensiz o"larman,
  Balki o"lmay kirarman yuzga.
  Termularman balki sog"insam,
  Ko"zlaringa o"xshagan kuzga.
  
  
  
  
  
  2001 yil , avgustü. Maslaxat qishlog"i .
  
  
  
  
  APRELÜ
  
  
  
  Quyosh botib, g"amboda, g"arib,
  Ufqlarning gulxani so"nar.
  Erigan qor suvlarin ichgan,
  Bir to"p chumchuq tolzorga qo"nar.
  
  
  Billur qandil kabi osilgan,
  Sumalaklar tushar uzilib.
  Chakillagan iliq oqshomda,
  Uyqularing ketar buzilib...
  
  
  
  
  1990 yil . Bahor . Andijon shahri .
  
  
  
  
  
  Mevalar
  
  
  
  
  Sarg"ayib pishgan bexi mevalari,
  Odamzod mushtiga o"xshasayu
  Ularni kimlardir yesa, bilginki,
  Mushtlar xam odamning pishib yetilgan.
  mevalari erur shubhasiz.
  Demak ularni ham
  Kimlardir, qachondir yeyishi kerak.
  
  
  
  
  
  Abdullaga
  
  
  
  
  Kimlardir madxiya odalar yozib,
  Vatanni maqtasa, ko"kka ko"tarsa,
  Xushyor bo"l, o"g"lim.
  Chunki odatda
  Narsani maqtarlar
  Sotish oldidan.
  
  
  
  
  
  QIShLOQ SOG"INChI
  
  
  
  Gavjum Toshkent , sartaroshxona,
  Ko"zguda yo"l , shoshqin olomon.
  " G"iyt - g"iyt " sayrab qaychi - qaldirg"och,
  Sochlarimni qilar talomon.
  
  
  Somong"aram singari uylar,
  Sochim yerga to"kilgan pichan.
  Tom ustida antenalarmi,
  Yo so"zanak galasimikan?
  
  
  Ko"cha daryo - qizlar baliqday,
  Suzib o"tar rangin tovlanib.
  Yigitlarning qayrilib ketgan
  Kiprik qarmog"ida ovlanib.
  
  
  Ko"zgu ko"lday , boshim qarmoqning.
  Po"kagiday yaltiroq tusda,
  Po"kak uzra omonat qo"ngan,
  So"zanakka o"xshaydi usta.
  
  
  
  
  2001 yil , yanvarü . Andijon .
  
  
  
  
  
  UMR
  
  
  
  (Marhum do"stim,
  iste"dodli shoir Ravshan Fayz xotirasiga )
  
  
  
  
  Gullar yerning tabassumlari ,
  " Qayda ? " - deya berma savollar .
  Dala orti tikanzorlarda ,
  Guvillaydi vaxshiy shamollar .
  
  
  
  Bosh uradi ular ko"ksimga ,
  Zulmatlardan topolmay uyin .
  O"xshashi yo"q qor zarrasini ,
  Sochlarimga qo"ndirar quyun .
  
  
  
  Qor uchquni erib ketarkan ,
  Kiprigimda eng so"ngi karra .
  Deyman : - Buncha oz umr ko"rding ?
  Alvido , ey beg"ubor zarra !
  
  
  
  
  2003 yil , 27 noyabrü . Tungi soat
  9 dan 30 minut o"tdi. Andijon .
  
  
  
  
  SENI UNUTMAYMAN
  
  
  
  
  Tumanlardan chiqib kelasan
  Lek kirmaysan ostona xatlab ,
  Men bir umr yeta olmagan
  Olis orzu , muqaddas matlab .
  
  
  Sen o"tasan ortinga boqmay
  Tashlab asta iloxiy odim ,
  Izlaringda men emas , go"yo
  Qolar ruxsiz yuz yilgi yodim .
  
  
  Yuksalganday bo"lasan ko"kka
  Dalalarni yoritgan oydek .
  Men bir chetda qolib ketaman
  Oy yorug"i tushmagan joydek .
  
  
  Termulaman seng ketgan yo"lga ,
  Tumanlarga belanar jisming ,
  Derazaning oynasin kuxlab
  Xovurlarga yozaman isming .
  
  
  
  
  1989 yil , dekabrü . Toshkent .
  
  
  
  
  
  KANGLUM
  
  
  (Ikrom Otamurodga )
  
  
  
  
  Kanglum cho"kib ketgan
  Ko"hna go"r kabi.
  Uni ko"tarolmas
  Endi hech kimsa.
  Ana, kanglumga yo"l topmoqchi bo"lgan,
  Yovlarni ortidan ergashtirgancha
  Shoshib kelayotir sotqin extiyoj.
  Nega o"ldirmadim extiyojimni?
  Nega o"ldirmadim?! - dedimu,
  O"t qo"ydim jar uzra lapanglab turgan
  Kanglumning omonat ko"priklariga.
  
  
  
  
  1995 yil ,avgust . Maslaxat qishlog"i .
  
  
  
  
  Ziyorat
  
  
  
  Qarovsiz qabrimda ajinagullar,
  Ozod shamollarda chayqalib yotar.
  Yolg"izlik va jimlik saltanatida,
  Qaro shomlar tushib oq tonglar otar.
  
  
  Qirda qizg"aldoqlar dengizi notinch,
  Dalalar ortida chaqnaydi chaqin.
  Telba oshiqlardek shivirlaguvchi,
  Yig"loqi yomg"irlar mavsumi yaqin.
  
  
  Simda qaldirg"ochlar notasi qator,
  Striptiz bulutlar to"dasi shoshqin.
  Negadir yig"laging kelar baxorda,
  Ruhingda sel kabi talotum, toshqin.
  
  
  Yig"lab termulasan ajinagulga,
  Unga nelarnidir kelar so"ylaging.
  O"rningdan turasan ketmoqchi bo"lib,
  Tikonga ilinib qolar ko"ylaging.
  
  
  
  
  1998 yil, bahor. Andijon.
  
  
  
  
  
  Vatan
  
  
  (Sherali Jo"rayevga)
  
  
  
  Sen agar bug"doy boshoq bo"lsang somoningman, Vatan,
  Toabad boshing omon bo"lsin, tovoningman, Vatan.
  
  Barcha yaxshi, barcha oqil, barcha dono, faylasuf,
  Qimtinib bir chekkada yurgan yomoningman, Vatan.
  
  Chor taraf zulmat, tuman, uvlaydi ming -minglab shoqol,
  To sahar gulxan yoqib chiqqan cho"poningman, Vatan.
  
  Barcha jim, tilsiz pisib, mum tishlaganda, xayqirib,
  Haq so"zin dor ostida aytgan zaboningman, Vatan.
  
  Bo"lmasin ovvora yov oybolta qayrab qatlima,
  Qatl etib o"ldirsa xam o"lmas omoningman, Vatan.
  
  
  Yurtda Vulqon cho"qqidek boshim bulutlardan baland,
  Yov uchun mangu o"tib bo"lmas dovoningman, Vatan!
  
  
  
  
  AKME
  
  
  
  
  Jimirlaydi xazina osmon,
  Osmon "O" simon.
  Yo"qlik ramzi nolü raqamiday.
  "O" simon ummon.
  
  Unda miltillaydi
  Yulduzlarning sonsiz uvildirig"i.
  
  Uvildiriqlar aro suzar,
  Ko"zlari o"yilgan,
  Tili kesilgan,
  Zulmatni yoritgan oyning kallasi.
  
  Siz aslo qo"rqmang,
  O"zingizni qo"lga oling.
  So"ng o"zingizni o"zingiz
  Xonaga qamab
  Eshikni zanjirlab
  Tongacha uxlang.
  
  Tongda tirikligingizni
  Anglamoq uchun
  Devorga osilgan
  Ko"zguga kuxlang.
  
  Agar paydo bo"lsa ko"zguda xovur,
  Qo"ni-qo"shnilarni chaqiring.
  
  So"ng ularga:
  -Garov o"ynaysizlarmi,
  Men tirikman! - deya baqiring.
  
  Lekin Baxt qushining tuxumidan,
  Quymoq qilmang zinxor ba zinxor.
  
  Tuxumlarni bostiring.
  Ochib chiqsa,
  Qirg"iylardan qo"ring ularni.
  
  Baxt qushining jo"jalari
  Ko"payib ketsin.
  
  Hamma baxtli bo"lsin Vatanda.
  
  Baxt nolib yurmasin baxtsizligidan,
  Hafa bo"lib yurmasin shodlik.
  
  Ovqat och qolmasin,
  Kiyim yalong"och.
  
  Suvlar chanqamasin.
  
  Olov sovqatmasin qaltirab - qaqshab!
  
  
  
  
  SOVG"A
  
  
  
  Qutlayman tavallud ayyoming bilan,
  Sen quvnoq yashading gullarni xidlab.
  Quruq kelganim yo"q men ham yoninga,
  Kutilmagan sovg"a keltirdim didlab.
  
  
  Hayoting sayoxat, taoming asal,
  Senga yot achchiqlik - qalampir -quzoq.
  Ozor ne bilmading, ozor bermading,
  Yashading dunyoda juda ham uzoq.
  
  
  Ko"rinsang havasga aylanar xasad.
  Qarshingda jallod ham yig"laydi aytib.
  Tozarib qon to"la qotil ko"zlari,
  Pashshaga ham ozor bermaydi qaytib.
  
  
  Sen oppoq kiyimli so"fiydek yuvosh,
  Hatto miq etmaysan ketsalar yanchib.
  Men seni shaharga olib ketaman,
  Keltirgan "SOVG"AM " ni miyyanga sanchib.
  
  
  
  
  23.01.2007. Soat 13 dan 24 minut o"tdi .
  Bishkek shaxri ,Leningrad ko"chasi 35 - uy.
  
  
  
  
  
  QIZIQ DUNYo
  
  
  
  Qorong"udan chiqib qorong"ulikka,
  Ketguvchi umrlar aylana chiziq.
  Tsirkulga o"xshaysan buning ustiga,
  Shar ustida yashash undan ham qiziq.
  
  
  Qiziq tuyularkan yer - bepul uchoq.
  Doim xizmatingga tursa shaylanib.
  Sen borib yurmasang. o"zidan - o"zi,
  Fasllar yoninga kelsa aylanib.
  
  
  Qiziq, tonglar oqlab ketmasa ranging,
  Tunlar yuqtirmasa senga kuyasin.
  Yana bog"lab olsang qo"rqmay bilakka,
  Umring kushandasi - vaqtning uyasin.
  
  
  Qiziqda, bir umr koinot bilan,
  Qo"shilib aylansang, aylansang yerga.
  Undan ham qizig"i, bu voqeani.
  Kimdir aylantirib yuborsa she"rga.
  
  
  
  
  2000 yil 28 iyulü , yarim tun .
  Maslaxat qishlog"i .
  
  
  
  
  
  
  DENGIZDA
  
  
  ("Istanbul ilxomlari " turkumidan ).
  
  
  
  Emmonoel bo"g"ozi, Tamsil, Eskudar,
  Otmoqda yomg"irli Istanbul tongi.
  Marmara dengizin kengliklarida,
  Yangrar kemalarning xasratli bongi.
  
  
  Dengizlar ortida qolgan Vatanim,
  Sog"indim Masjidu minorlaringni.
  O"lmay qaytib borsam uyalmay unsiz,
  Quchoqlab yig"layman chinorlaringni.
  
  
  Sovuq shamol esar, namchil paluba,
  Kema chayqaladi, g"ijirlar eshik.
  Bizni allalaydi kemaga qo"shib
  Dengiz dunyodagi eng ulkan beshik.
  
  
  Men uyg"oq boqaman kengliklar tamon.
  G"amlarga topolmay bo"yinturuqlik.
  Suv yuzida yarmi ko"rinib turgan,
  Qo"rqinchli maxluqqa o"xshar quruqlik.
  
  
  
  
  1999 yil, dekabrü. Turkiya. Istanbul.
  Marmara dengizi. Kemada yozildi.
  
  
  
  
  MAQSUDGA
  
  
  
  Sheüriyatning cho"llaridan,
  Men boshpana qidirdim.
  Jigarimni qafasdagi,
  She"rlarimga yedirdim.
  
  
  Bu cho"llarning giyoh unmas.
  Barxanlari mengadir.
  Bunda faqat yuvindixo"r,
  Qullar meni yengadir.
  
  
  Atrofimda qashqirlarning,
  Ko"zi yilt - yilt yonadi.
  Tegib qashqir tishlariga
  Oyoqlarim qonadi.
  
  
  Shu qon izdan bir kun meni,
  Izlab, izlab top bolam.
  Bu dunyodan ochiq ketgan
  Ko"zlarimni yop bolam!
  
  
  
  1988 yil , avgust. Maslaxat qishlog"i .
  
  
  
  
  MABODO
  
  
  
  Men bir it bo"lsaydim
  (Laycha yo ko"ppak)
  Zulmatli kuz kechasi
  Daryo ortidagi "Lattaqishloq" da
  Bo"g"iq akkillardim
  Go"yo xum ichida xurayotganday.
  
  Tovushimni tinglab,
  Uxlab qolarding
  Ilinardi ko"zinga uyqu.
  
  Yoxud bo"lsam edi sassiqpopishak
  Pupupub - pupupub - pupupub
  Pishsh - sh! - deya
  Olis uvotlarda sayrardim uzoq.
  Dexqonlar ishlashdan to"xtab, jilmayib
  Bir zum quloq tutardi menga.
  
  Yo bo"lmasa omadim chopib,
  Chigirtkaga aylanib qolsam
  Oy porlagan oqshom
  Yozgi "Qirg"izxoji" dalalarida
  Tunni zirillatib chirillar edim.
  
  Yoki deylik, falokat bosib,
  Odam bo"lib qolsam kutilmaganda
  Katta - kon odam.
  Bolaligim kechgan
  Qoraqolpoqlar xutoridagi
  Cho"chqaxona xarobasidan
  Qarardim bepoyon mangu osmonga
  O"zimning naqadar muvaqqat, ojiz
  Zarra ekanimni anglamoq uchun.
  
  
  
  
  15 oktyabrü ,2006 yil ,yakshanba .
  soat 13 dan 58 minut o"tdi Bishkek , Leningrad ko"chasi 35 uy.
  
  
  
  XIJRAT
  
  
  
  Uzoq tayyorlandim, nihoyat,
  Devorni teshishning
  Vaqti ham yetdi.
  Devorni teshdimu,
  Yorug"likdan ko"zim
  Qamashib ketdi.
  Endi shu olamga
  - Cheksiz kengliklarga ketaman.
  
  Xayr, dushmanlarim,
  Xayr do"stlarim!
  Xayr senga uyim, xayr o"chog"im!
  Xayr, Xoldor Vulqon -
  Mening po"chog"im!
  
  
  
  
  1987 yil , aprelü . Maslaxat qishlog"i .
  
  
  
  
  
  AYRILIQ
  
  
  
  "Yoqmasam, ka - a -a - atta ko"cha" deding,
  Ko"chaga chiqdim.
  Ko"cha jim - jit edi, kimsasiz, oydin.
  Men avvallari bilmas ekanman,
  Ko"chaning bunchalar
  Katta bo"lishin.
  
  
  
  
  2002 yil , 2 oktyabrü . Yarim tun .
  Andijon shaxri 4 - kichik daxa.
  
  
  
  
  ShUKRONA
  
  
  
  
  Olloxim, anavi yon qo"shnim borku,
  O"shandan degin,
  Belkurak oluvdim yer ag"dargani.
  
  O"sha qo"shnim bir soat o"tmay,
  Bergan belkuragin so"rab chiqibdi.
  
  Sen bo"lsang
  
  Tug"ilganimdan beri ishlatib yurgan
  Belkurakdan afzal qo"llarimni
  Mana, qirq yetti yildirki
  Qaytarib ber deya qistab kelmaysan.
  
  Yaqinda Komxozdan, B.T.I dan,
  Gorgazdan, Elektrosetdan,
  Soliq idorasidan
  Odamlar keldi
  Semiz - semiz popka ko"tarib.
  
  To"lov miqdorini eshitgach,
  Xushdan ketay dedim, ko"karib.
  
  Olloxim,
  Yaxshiyamki farishtalaring,
  Semiz - semiz popka qo"ltiqlab,
  Quyosh, yomg"ir ,shamol xaqini
  Surishtirib kelmas uyimga.
  
  Yaxshiyamki nafas yo"limga
  Havo xisoblagich o"rnatmagansan
  
  
  
  
  
  Bahor haqida
  
  (Chori Avaz xotirasiga)
  
  
  
  Bahor kelayotir.
  Hali hech kim yashamagan bahor.
  Bultur sening izlaring qolgan,
  So"qmoqlardan kelayotir ul.
  Ochiladi shubhasiz endi,
  Hali hech kim o"pmagan,
  Hali hech kim xidlamagan gul.
  Bahor kelayotir,
  Hali hech kim o"lmagan bahor.
  
  
  
  1993 yil . Toshkent shaxri .
  
  
  
  
  
  O"g"lim Azizbekka
  
  
  
  
  Magar o"lsam, xazin bo"zlab, xayr deb yig"lagil, o"g"lim,
  Alamlarga chidab o"tgan chayir, deb yig"lagil ,o"g"lim.
  
  
  Kel, ey g"assol, ko"ray so"ng bor qadrdon, mehribonimni,
  Yuzidan pardani bir zum qayir, deb yig"lagil, o"g"lim.
  
  Ko"zimning yoshidin suvlar toshib daryoga aylansa,
  
  U suvda kemalar qilgay sayr deb yig"lagil, o"g"lim
  
  
  Tiriklik chog"ida bir bor kelib ahvolini so"rmay,
  Qabr boshinda va"z aytma, g"ayr, deb yig"lagil, o"g"lim
  
  
  Bugun hech bo"lmasa shundoq ulug" kun xurmati yo, Rab,
  
  Qulingni aqli pastlardan ayir, deb yig"lagil, o"g"lim.
  
  
  Bu Vulqonmas, qaro zulmat, qafaslardan bo"lib ozod,
  Behisht,Jannat tamon uchgan tayr, deb yig"lagil, o"g"lim.
  
  
  
  
  
  1990 yil , Maslaxat qishlog"i .
  
  
  
  
  
  Chag"alay
  
  
  
  Rauf Parfi xotirasiga
  
  
  
  
  
  
  O"zining bor yetimligi bilan,
  Dalalar ustida porlayotgan oy,
  Uchburchak shaklli romga joylangan,
  Sharlarning safini parchalash uchun
  O"qlog" bilan yo"naltirilguvchi
  Billiardning buzg"unchi soqqasi emas.
  
  U sovuq adirda yolg"iz va yupun,
  Shu"lalardan yuzi sarg"ayib
  Chiroq ko"tarib borayotgan,
  Soch - soqoli oppoq,
  Bo"yni ingichka,
  Momaqaymoq to"zg"og"iga o"xshagan Rauf.
  
  She"riyatning tilla chig"irig"ida,
  Jon iplarin yigirgan vujud.
  
  Raufdan yigirib olingan
  Lojuvard nurlarning kalavasi oy.
  
  Xoy,
  Sovuqdan tovoni yorilgan Rauf,
  Bankrotga uchragan merosxo"r kunda,
  Kundamas, kundada Quyoshning o"tkir,
  Olmos nuri ila kesilgan oyna.
  Yo"llaringda bahor jarchisi bo"lib,
  Erib yotgan mahal ko"lmaklar
  Eshkaksiz qayiqda yolg"iz bir o"zing,
  Sevinch ko"z yoshlaring kafanga artib,
  Begona tunlarga ko"chib ketibsan.
  
  
  Shig"alab yog"armi endi yomg"irlar?
  
  
  20 yanvarü , 2007 yil soat 11 dan 22 minut utdi
  Bishkek shaxri , Leningrad ko"chasi 35 uy.
  
  
  
  
  Armon
  
  
  
  
  
  Iliq bahor shomi , bulutli osmon,
  Olis ufqlarda chaqnaydi chaqin.
  Yomg"ir shitirlashin sog"inib ketdim,
  Ilohiy yomg"irlar mavsumi yaqin.
  
  
  O"rtamizda oqib yotar daryolar,
  Senga eltar yo"llar xatarli, ensiz.
  Dunyo mensiz yashashi mumkin-u, ammo,
  Men yashay olmayman sevgilim, sensiz.
  
  
  Tahayyuldir mening ozod Vatanim,
  Maydoni taxminan yuz milliard gektar.
  O"tloqda yovvoyi asal ariday
  Gulgun lablaringda tiladim nektar.
  
  
  
  Endi o"pich kabi cho"lpillab yotgan,
  Yomg"irli kechada yolg"izman mutloq.
  Olisda sarosar moviy shamollar,
  Va ma"yus gullarga ko"milgan o"tloq.
  
  
  
  
  
  1994 yil . Maslaxat
  
  
  
  
  
  O"G"LIM TEMURSULTONGA
  
  
  
  
  
  Tur o"rningdan, uxlama, bolam,
  Vaqtlar o"tayotir, uchib o"tayotir,
  Sezayapsanmi?
  Eshityapsanmi?
  
  Xuddi janub tamon otlangan kuzgi,
  Qushlar galasiday bir on to"xtamay,
  Uchib o"tayotir ular, uchib o"tayotir.
  
  Sukunatga cho"mgan qorli Bishkekning,
  Muxtasham uylari, pastak kulbalari,
  Xojatxona, Restoran, striptiz barlari,
  Islovat uylari, birja, banklari,
  Jinnixonalari bilan morglari,
  Mentura, SNB, qabristonlari
  Va maydon tamondagi Adixalimning,
  Somsaxonasi ustidan
  Hamda,
  Biz turgan kulbaga qo"shni Almazning,
  Tovuq suyaklarin tashlasak.
  G"asirlatib yeguvchi bulüdogi yotgan,
  Uychasi ustidan buyuk bo"ronday,
  Daraxtlarda olmaxon yashaguvchi,
  "Yosh gvardiya" bulüvari tamon,
  Uchib o"tayotir ular, uchib o"tayotir!
  
  
  O"zbekiston degan Vatan sog"inchin,
  Ko"z yoshga bo"ktirayotgan,
  Aroqqa cho"ktirayotgan,
  Tungi derazadan qorlarga boqib,
  Pivo qoqib o"tirgan G"ariblar ustidan
  Uchib o"tayotir vaqtlar,
  Uchib o"tayotir!
  
  Xuddi muxojirning ko"z yoshlariday,
  To"xtatib bo"lmaydi vaqtlar galasin.
  
  Vaqtlar qo"nmaydi qo"nalg"alarga.
  Ular bizdan xafa,
  Chunki ularning,
  Qadriga yetmadik, yetmadik bolam!
  
  
  Vaqtlarning to"xtashga vaqti yo"q, uyg"on,
  Uyg"ot uxlayotgan akalariningni,
  O"zmog"imiz kerak bizlar vaqtdan!
  
  Vaqtlar o"tayotir, vaqtlar o"tayotir!
  
  
  
  
  
  22. 01. 2007 yil , soat 19 dan 31 minut o"tdi .
  Bishkek shahri , Leningrad ko"chasi , 35 - uy .
  
  
  
  
  
  
  HOXISh
  
  
  
  
  G"iybat, fasodlardan chekinib,
  Dalalarga yolg"iz chiqsangu,
  Shamolda dengizday mavjlanayotgan
  Yashil bug"doyzorga
  Cho"zala tushsang.
  
  
  So"ng bepoyon osmonga tikilganingcha,
  Oyoqlaring uzatib o"lsang.
  Keyin chumolilar,
  Qarg"a - quzg"unlar
  Vujudingni qilsa tolomon.
  
  
  Sening qayga ketganingni,
  Qanday o"lganingni
  Bilmay qolsa
  G"ofil olomon.
  
  
  
  
  
  
  1988 yil . bahor , Maslaxat qishlog"i .
  
  
  
  
  
  
  QAHRAMON
  
  
  (Hamqishlog"im , ikkinchi jahon urushi nogironi ,
  marhum Fozil ota xotirasiga )
  
  
  
  
  Guvillaydi bog"larda bo"ron,
  Tun qorong"i, tong hali yiroq.
  Pastak uyning mehrobi aro,
  Miltillaydi xira jinchiroq.
  
  
  Chol uzilgan tasmani ulab,
  Oyog"iga yuzli mix qoqar.
  Oyoq emas, ne desam ekan,
  Tuyog"iga mung"ayib boqar.
  
  
  Yoriladi, yog"och oyog"i,
  Chol ko"zidan yoshi tirqirar.
  Qaylardadir zulmat qo"ynida,
  Qush odamga o"xshab chinqirar.
  
  
  Odam qushga o"xshab qiyqirar.
  
  
  
  
  
  
  1988 yil . Baxor .
  Maslaxat qishlog"i .
  
  
  
  
  
  
  
  OLIS YaXShILIKNING ShU"LASI
  
  
  
  
  ( Marhum bobom Sayyid Abdusalom hotirasiga)
  
  
  
  
  
  
  " Hayit namoz " kuni
  Masjid oldidan
  Bobomni izlardim
  Hammadan burun.
  Asli Ginnes kitobiga
  Yozish kerak edi
  Mening bobomni.
  
  Chunki uning cho"ntaklari
  Jahonda eng chuqur
  Cho"ntaklar edi.
  
  U quvvatsiz titroq qo"lini,
  Chig"anog"iga qadar
  O"sha chuqur cho"ntaklarga suqardi.
  So"ng hamyonini olib,
  Siniq jilmayganicha
  Hayitlik berardi
  Menga shoshilmay.
  
  
  U paytlar men uchun
  Dunyoda eng buyuk
  Bank edi bobom.
  Endi menga hech kim
  "Hayit namoz" kuni
  Bermas hayitlik.
  
  Lekin men haliyam
  "Hayit" ga borsam,
  Bobomni izlayman
  Masjid oldidan.
  
  
  
  
  1 iyunü . 1995 yil , ertalab soat 9 dan 13 minutu
  21 sekund o"tdi. Andijon shahri .
  
  
  
  
  
  ZOBIT
  
  
  
  
  Osmon - cheksiz pogon.
  
  
  Undagi yulduzlarga qarab,
  Bilib olsa bo"lar
  Qadimiy dunyoning
  Xarbiy unvonin.
  
  
  Tongi g"ira - shirada
  Unvoni baland
  Dunyoga chestü berdim.
  
  
  So"ngra onam kabi
  Meni kiydirib,
  Yedirib - ichkizib,
  Boqqan dunyodan
  Uzrlar so"radim,
  G"irrom, qimorboz,
  Yolg"onchi, bevafo
  Deganim uchun.
  
  
  Endi unvonim ham
  Biroz balandlasa kerak
  Har holda.
  
  
  So"ng
  Zobitligim qo"zib:
  "Saflan!" dedim,
  Saflandi darrov
  Tonggi daraxtlarning
  Shonli rotasi.
  
  
  Men ishga jo"nadim
  Gardsiz yurakda
  Qadrdon kunlarning
  Quvnoq notasi.
  
  
  
  
  2001 yil , yanvarü . Maslaxat qishlog"i.
  
  
  
  
  
  
  Taklif
  
  
  (Epifaniya)
  
  
  
  
  Hurmatli o"toqlar !.. Iye, kechirasizlar, o"rtoqlar ekan. Kotiba nayneshass... yomon so"zni yozib qo"yibdi... xaramidan bo"g"an savodsiz...
  Xo" - o"sh - deganingizdan bilsak sort ekansiz... Nima deyatuvdim? Ha, esladim. Hurmatli o"sroqlar! .. Iye, yana noto"g"ri yozib qo"yibdi. Dafn marosimidan boriboq, u savodsiz kotibani ketiga teviiib tevib ishdan xaydavormasam bo"lmaydi... Davom etamiz. Bug...bugun jafokash xalqimiz favqulodda og"ir judolikka giriftor bo"lli! Beshafqat o"lim bizlarni dog"i xasratda qoldirib, qadrdon do"stimizni oramizdan yulib olib ketdi. Do"stim, sen xaddan tashqari qisqa, va chidab bo"lmas darajada sermazmun umringda noxaqlik bilan ayovsiz kurashib o"tding. Sening quyoshdan ham porloq xotirangni avlodlar yodidan hatto o"t o"chiruvchilar ham... Iye, yana xato ketibdi... Odam degan ham shunaqa savodsiz bo"lama?.. o"t o"siruvchilar komandasi ham toabad o"chirolmasligiga aminman!Endi tuvra bo"lli. Xo"o"o"sh,
  sen yotgan tuproq parday yumshoq bo"lsun... bo"lsun... keyin... Iye, hov amaki, do"ppingizni boshdan olmaysizmi?!.. Blin, churban! Nadoje - a... Tak, kechirasizlar. Nima deyatuvdim?.. Haya, endi, xirmanlik o"troqlar, marxum do"stimiz HAQIQATni xotirlab tik turganimizcha bir umr... Yo"q, bir umr ozlik qiladi... Mangu sukut saqlasak....................................
  
  
  
  
  9 .02 . 2007 yil . Soat 10 dan 4 minut o"tdi . Bishkek shahri , Leningrad ko"chasi , 35 - uy .
  
  
  
  
  
  Vaqtsiz odam
  
  
  
  (O"g"lim Saidaxrorga)
  
  
  
  
  Men baxtsiz emasman,
  Vaqtsizman, o"g"lim.
  
  Vaqt juda qimmat.
  
  Tejab ishlatsam ham baribir,
  Ijodga, soqol qirtishlashga,
  Ishga
  Va tuzsiz suxbatlarga
  Yigirma to"rt soat vaqt
  Urvoq ham bo"lmas.
  
  Qoradaryo sohilidagi,
  Cho"chqaxona tamonda
  Biz qiy - chuv qilib
  Futbol o"ynaydigan.
  Xutor xarobalariga borib,
  Olis bolalikni eslamoqqa
  Yetmaydi vaqtim.
  
  Rohatimni ko"rmay,
  O"ttizga ham kirmay olamdan o"tgan
  Jafokash onam qabrini
  Ziyorat qilishga esa
  Umuman vaqtim qolmagan mening.
  
  Chunki yaqinda
  Ochko"z, semiz, badavlat gadoy:
  "Bitta she"rga necha pul to"laydi?" - deya
  O"g"irladi ancha vaqtimni.
  
  (Militsiyaga xabar qilmadim)
  
  Endi o"g"irlangan vaqt uchun,
  Kamomad uchun
  Qanday xisob beraman Xaqqa?
  
  Naqadar vaqtsizlik!
  
  Naqadar baxttsizlik, o"g"lim!
  
  
  
  
  2004 yil .May . Andijon .
  
  
  
  
  
  ShE"RIYaT
  
  
  
  
  Tanamni yigirgan qadimiy urchuq,
  Chigal xomashyoni afu et, kechir.
  Umid bilan keldim baliqday chanqab,
  Zaqqum og"usidan bir qultum ichir.
  
  
  Muddatdan ilgari tirildim misli,
  Chumoli qitiqlab uyg"otgan zamin.
  Yoqdim parvonalar o"lgani yetmay,
  Jasad jizzasida o"chirgan shamin.
  
  
  O"zimni filbonday his qildim men ham,
  To"rg"aydan dalalar kirganda tilga.
  Quyoshni qirq marta aylandim minib,
  Zamin deb atalgan bahaybat filga.
  
  
  Shiqmola sudragan telba traktor,
  Qirda qo"shiq aytar zaminni qashlab.
  Qaldirg"ochlar uchar qaychidek shodon,
  Ko"klamning ko"ylagin teng bo"lib tashlab.
  
  
  Quyosh quymog"ini ag"daraman deb.
  So"zimga o"t ketdi, aybdor o"zim.
  O"sayotgan tirik to"shakni ko"rib,
  Bir juft tugma kabi baqraydi ko"zim.
  
  
  
  
  2001 yil , 16 noyabrü kech soat 6 dan
  00 minut o"tdi . Maslaxat qishlog"i .
  
  
  
  
  
  KUZGI SOG"INCh
  
  
  
  Qarshimda lallayib turgan shu daraxt,
  Qushlar kontsertiga sotadi chipta.
  Simlar chizig"ida qushlar notasi,
  Umrimiz muallaq omonat ipda.
  
  
  
  Quyosh tillasidan qamashdi ko"zim,
  Bog"lar chayqalganda shamollarda mast.
  Suvlar bexush yotar anxor qo"ynida,
  Bodi xazonlardan to"zg"in xoru xas.
  
  
  
  Suvi qochgan nonday qaqradi yo"llar,
  Kuzgi ko"priklardan o"tdim men yakka.
  Xazonli bog"larda seni esladim,
  Osmon o"tovidan o"tganda chakka.
  
  
  
  Shu kecha men seni qilurman ozod,
  Shart emas to"siq yo pardani yirtmoq.
  Tortaman tirsillab uzilib ketar,
  Siymin badaninga botuvchi sirtmoq.
  
  
  
  Axir sensiz tunda qor yog"ayotgan
  Qorong"u, kimsasiz jim - jit ko"chaman.
  Bu kech yonayotgan gugurt cho"piday,
  Xushbo"y nafasingdan titrab o"chaman.
  
  
  
  
  
  12 sentyabrü, 2002 yil. Kunduz soat 2 dan 25 minut o"tdi .
  Maslaxat qishlog"i .
  
  
  
  
  Tungaboqar
  
  
  
  
  Chaqmoq lazeridan yorishib ketar,
  Olis samolarning gezargan labi.
  Yomg"ir yuvib ketgan gulzorlar aro,
  O"ylarim g"arq bo"lar "Titanik " kabi.
  
  
  Yuvilgan maydonda qarsillar yomg"ir,
  O"rmalar loyqa suv iloni selda.
  Muz solingan qopday so"lim Xavolar,
  Borliq go"dak kabi yupangan yelda.
  
  
  Yodimga tushadi olis bolalik,
  Chaqmoq, qasirg"alar, sellar suroni.
  Yomg"irdan keyingi bog"lar ustidan
  Gurillab esardi chumchuq bo"roni.
  
  
  Qoldi uzoqlarda daryo jarlari,
  Yulg"unzor to"qaylar sog"ingan do"stim.
  Shoir bo"lib nazm daryolarida,
  Jarlarga tirmashib qiynalib o"sdim.
  
  
  Baland jarlar kabi qavatli uylar,
  Olmos chiroqlarin ma"yus yoqarlar.
  Chiroq marjoniga termular g"amgin,
  Giyoxdonda o"sgan tungaboqarlar.
  
  
  
  
  24 . 05 . 2005 yil. Andijon shahri .
  
  
  
  
  XO"RANDA
  
  
  
  Universitet, auditoriya,
  Keng restoran edi men uchun.
  Kitob - taomnoma,
  Domla - ofitsiant.
  Sening diydoringni
  Kiprikka sanchib
  Yeya boshlar edim
  Ko"zlarim bilan
  Sira to"ymas edim,
  Lazzatli edi
  Diydor taomi.
  Tashqarida esa yog"ar edi qor.
  Oynadan boqardi
  Menga jilmayib
  Oppoq xalat kiygan
  Pazanda dunyo.
  
  
  
  2001 yil , 4 iyunü , tong sahar .
  Maslaxat qishlog"i .
  
  
  
  BUYuK YoLG"IZLIK
  
  
  
  Ulfatim uqubat, hamroxim azob,
  Qorong"u yo"llardan o"tdim g"am yutib.
  Zulmatda turtinib yuribman xamon,
  Poyimda muz bilan qoplangan Qutb,
  
  
  Chenada yuk og"ir, itim ham o"lgan,
  Muzlab borayotir yonilg"im - ilik.
  Chaqmoqtosh yo"qolgan, tugagan gugurt,
  Qaldirab turibdi og"zimda pilik.
  
  
  Bir kuni yorishar bu qora dunyo,
  Qorlarga qo"shilib eriydi qaxr.
  Qish mangu emasku, bahor ham kelar,
  Dunyoda har nening cheki bor axir.
  
  
  Xayr, odamsimon pingivin qushlar!
  Bunda mexr noyob, muruvvat qaxat.
  She"riyatning mangu muzliklaridan,
  Men qazdim o"zimga tubsiz bir lahad!
  
  
  
  1996 yil , yanvarü . Toshkent ,
  Qo"yliq daha , 6 mavze .
  
  
  
  
  Hikmat
  
  
  
  Odamzod odamga
  Oyna deydilar.
  Bu to"g"ri, lekin,
  Kulgi xonasidagi kabi
  Qing"ir oynalar ham
  Bordir dunyoda.
  Ularda aks etgan
  Aftingni ko"rib
  Kulasan
  Ya"ni,
  O"pkalab yurmaysan
  Qing"ir oynadan.
  
  
  
  
  26 dekabrü, 2007 yil. Toronto. Kanada.
  Yarim tun.
  
  
  
  
  Baxtli kimsa
  
  
  
  Afanasiy Stepanovich xotinini juda yaxshi ko"radi. Sababi oddiy. Xotini gap qaytarmaydi. Siz balki ishonmassiz. Lekin afsuski, dunyoda gap qaytarmaydigan xotinlar ham bo"lar ekan. Afanasiy Stepanovichning xotini shu qadar itoatliki, garchand roxiba bo"lmasada, ostona hatlab ko"chaga chiqmaydi. Tilla taqinchoq, kiyim olib ber deb g"alva qilmaydi. To"g"ri, har to"kisda bir ayb deganlariday uning xotinida ham bitta kamchilik bor. U tug"mas. Sodda qilib aytsam, tumso. Shu vajdanmi, haytovur Afanasiy Stepanovich xaftalab uyiga kelmasa ham xotini "Qayerlarda yuribsiz?" deya bir og"iz so"ramaydi. Oyog"ida turolmaydigan darajada ichib kelsa ham, pulini qimorga yutqazib yuborsa ham janjal qilmaydi. Maoshini ham surishtirmaydi. Buni menga Afanasiy Stepanovichning o"zi aytgan. U hatto bir kuni menga xotinini ko"rsatdi. Qarasam, xotini divanda yotgan ekan. "Qalay?" - dedi Afanasiy Stepanovich. Gap yo"q - dedim men. "Ana shunaqa"- dedi Afanasiy Stepanovich maqtanib. Keyin xotinini mixga ilib qo"ydi. Damini chiqarib.
  
  
  
  
  1 yanvarü, 2008 yil. Toronto. Kanada.
  Soat 20 dan 43 minut o"tdi.
  
  
  
  
  
  QUVG"IN
  
  
  
  Ayriliqqa to"ldi umr to"rvasi,
  Onam ko"zlarida jovdirar savol.
  Izg"irinda xushtak chaladi simlar,
  Men yurgan yo"llarda yig"laydi shamol.
  
  
  Ortimda quturgan zanjiri tillo,
  Dumi yo"q itlarning qonxo"r galasi.
  Qo"y, menga ergashma, qaytgil, to"lin oy,
  Omon bo"l, yurtimning oydin dalasi.
  
  
  Yig"lama, ko"z yoshdek omonat onam,
  Men uchun olamda yo"q sening tenging.
  Sochlaring paxtaday oqarib ketgan,
  Ko"z yosh artaverib teshildi yenging.
  
  
  G"iybatdan o"t ketdi quloqlarimga,
  Tosh otdi ortimdan uch - to"rta xezm.
  O"rmalar bo"g"zimda yovvoyi xo"rlik,
  Naxot qurib bitgan ko"zyoshi bezim?!
  
  
  Ochilmoqda og"ir ufqlar qovog"i,
  Salqin sabolarda sayrar bedana.
  Chorbog"lar ortida xira porlar oy,
  Olisda yulduzlar olmos sedana.
  
  
  Tongi g"ira - shira, ko"prik tamonda,
  Kimdir chekayotir parishonhayol.
  To"xtab sukanatga quloq tutaman,
  Uzoqda bolamlab yig"lar bir ayol.
  
  
  Og"ir bo"lar ekan Vatandan ketmoq,
  Iskovuch it kabi izg"iydi posbon.
  Qaytib kelolmasam yoninga, ona,
  Yer shari tobutim, qopqog"i osmon!
  
  
  
  2006 yil , 07 . 07 . Soat 21 dan 22 minut o"tdi .
  Bishkek shahri . Lev Tolstoy ko"chasi 128 - uy . 39 kv .
  
  
  
  
  AYRILDI
  
  
  
  Judolik dashtida Odam Ato Xavvodin ayrildi,
  Jami Islom eli yig"lab Rasulullodin ayrildi.
  
  
  Asl mangu muxabbat - Haq, bani odamga dil berma,
  Bo"lur ibratki Majnun ox chekib Laylodin ayrildi.
  
  
  Mehr qo"yma bu dunyo moliga, xattoki Qorun ham,
  Ajal kelgach tuganmas molu mulk - dunyodin ayrildi.
  
  
  Kibr kasbi La"in Iblis erur kibringni o"ldirgil,
  Necha mag"rur qavm Iskandaru Dorodin ayrildi.
  
  
  Xatarli qumbo"ronda beaql yo"l boshlagach karvon,
  Biyobonlar aro yo"l manzilu ma"vodin ayrildi.
  
  
  Qavmlarni qilur g"orat qilichsiz, so"z bilan ag"yor,
  Kirib yov so"ziga zillat eli imlodin ayrildi.
  
  
  Nafs qarmog"ida lazzat yotar aldanmagil, Vulqon,
  Xo"rakka aldanib nodon baliq daryodin ayrildi.
  
  
  
  
  2005 yil , aprelü . Maslaxat qishlog"i .
  
  
  
  
  VATAN FIROQI
  
  
  (Yusuf Rasulga)
  
  
  
  Xaq gapni aytganim aybimmi mening?
  Nima gunox qildim, aytinglar, netdim?
  Baland qorli tog"lar ortida qolgan,
  Olis Panjikentni sog"inib ketdim.
  
  
  
  Onam meni tuqqan qishloqda hamon,
  Alvon bulutlarga quyosh botarmi?
  Sabo duvillatib shudringin to"kkan,
  Yilg"inzor tomonda tonglar otarmi?
  
  
  
  Oy - oqshom bo"g"zida o"lmagan oxak,
  Chirib ketmasaydi ko"zlarim - deyman.
  Osmon - xirmonida bulut paxtasi
  Bo"shliqlarni yamlab, xavoni yeyman.
  
  
  Panjikentga qo"nar mexrigiyo shom,
  Buyraklari toshli dalalar xasta.
  Xademay ufqlarda oq xalatli tong,
  Osmon grijasin yoradi asta.
  
  
  
  29 .04 . 2006 yil .Bishkek shaxri . Lev Tolstoy
  ko"chasi 124 uy. 39 kvartira .
  
  
  
  
  
  BEMOR
  
  
  ( Shavkat Rahmonga)
  
  
  
  Shifoxona tog" etagida,
  Oyna orti, qayin, archalar
  Qor qoplagan olmos cho"qqini ,
  Ko"z - ko"z qilar menga darchalar.
  
  
  Chayqaladi oynaga tegib
  Qayinlarning bargi, shoxlari,
  Demak, shamol esar o"rmonda,
  Ajdodlarning moviy oxlari.
  
  
  Eshityapman, qizilishtonlar,
  Uzoqlarda daraxt cho"qmoqda.
  Balki xozir sigir karvoni
  Lapanglaydi dala, so"qmoqda.
  
  
  Buncha uzoq sayrading, bas qil,
  Qo"ygil, meni aldama, kakku.
  Qanday qilib men uzoq yashay,
  Axir, mening kasalim "Rak " ku!
  
  
  
  
  2001 yil , 22 yanvarü , tunggi soat 2 dan
  minut o"tdi . Maslaxat qishlog"i.
  
  
  
  
  
  ELEGIYa
  
  
  ( Marxum do"stim Abduvoxidning xotirasiga )
  
  
  
  Zag"izg"on degani parishonxotir,
  Jonsarak , tentakroq qushlar zodidan.
  Kuzda yong"oq ko"mgan joyini ul qush,
  Ko"p o"tmay chiqarib qo"ydi yodidan.
  
  
  Yong"oq uzoq yotdi qorlar ostida,
  Tortib qaxratonning qaxrli jabrin.
  Olis qaldiroqlar gumbirlaganda,
  Yong"oq qad ko"tardi qo"porib qabrin.
  
  
  Yong"oq qabrin qanday yorib chiqdi, ayt?!
  Javob bergil! - deya shamolni to"sdim.
  Biz ham axir seni ko"mgan edikku,
  Nega qabring yorib chiqmading, do"stim?!
  
  
  Unutgan edikku zag"izg"on kabi!
  
  
  
  
  
  1999 yil, 11 fevral, yarim tun
  Maslaxat qishlog"i.
  
  
  
  
  QIShLOQ OQShOMI
  
  
  
  
  Qishloq tuni chuqur
  Chuqurdir Buxoro zindoni kabi
  Men u yerga tushdim
  Zinapoyadan,
  Asalari iniga
  O"xshaydi osmon.
  Dalalar mast - alast,
  Asal xididan.
  Men yuzimni shamolga burdim.
  So"ngra meni qaritib ketgan
  Yillar so"qmog"idan
  Seni izladim.
  Izlab bordimu negadir
  Yuz - qo"llarimga ilashib
  Yaltilladi o"rgimchak to"ri.
  Yaltilladi oy shu"lasida
  Osmonga qaradim.
  Boshimda poyonsiz yulduz to"zoni,
  Suyuqlikdan yondi
  Qo"mir - qorchig"
  Cheksiz yetimlik!
  
  
  
  1996 yil , sentyabrü
  Maslaxat qishlog"i .
  
  
  
  
  
  Vatanni sog"inib
  
  
  
  Osmon - bosh chanog"im, bulutlar - miyyam
  Oyog"im ostida o"ralashma, yer!
  Sen xo"kiz shoxida omonat lappak .
  Ko"ksim qafasida na"ra tortar she"r.
  
  
  Yurak - yadro bomba, ipga ilingan,
  Bu tog"lar tog" emas, bukchaygan daxma,
  Shu joyga tiriklay dafn qilingan,
  Xazrati Xaqiqat alayxirrahma,
  
  
  Yopig"ini aytsam, gapning qing"iri,
  Qanotsiz uchguvchi qo"rqinchli qushman.
  Do"stimdan ham ozroq yomonlik qilding,
  Menga sadoqatsiz ekansan, dushman!
  
  
  Yulduz bosib ketdi osmonni, qara,
  Besh million, o"n million, yuz million, milliard!
  Sayoq sayyoralar soqqasi, bilsang,
  O"yinga xozirlab qo"yilgan billiard.
  
  
  It ham yashamaydi bugun bochkada,
  Butunlay o"zgarib ketgan biogen.
  Iskandar tirjayar quyoshni to"sib,
  Oltin qasrlarda yashar Diogen.
  
  
  Menga yashash uchun bochka topilmas,
  G"urbatda oqardi soch - soqol, murtim.
  Seni men bir zum ham unutganim yo"q,
  Meni ham unutib yuborma, Yurtim!
  
  
  
  
  2007 yil , 25 yanvarü ,soat 22dan 51 minut o"tdi
  Bishkek shahri , Leningrad ko"chasi , 35 uy
  
  
  
  
  BAHOR TONGI
  
  
  
  
  Tong oqarib Qoradaryoga,
  Cho"kib ketar oyning tovog"i.
  Ochiladi yorishgan ufqning,
  Qorachig"siz zavr qobog"i.
  
  
  
  Bug"lanmoqda tuproq ikrasi,
  G"amlar erir maxzun navoda.
  Qaylardadir ma"raydi buzoq,
  Pichan xidi suzar xavoda.
  
  
  
  Oynalarni artasan shodon,
  To"lib - toshib sayraydi mayna.
  Olmos kabi porlab, o"rdakdek,
  G"aqillaydi top-toza oyna.
  
  
  
  Muvozanat saqlab uchasan,
  Yer atalgan bahaybat sharda.
  Derazalar ortida shamol,
  Yelkan kabi qabargan parda.
  
  
  
  1998 yil . May . Andijon shaxri.
  
  
  
  
  
  YO"LOVChI
  
  
  
  Zulmatlarda ozodlikning,
  Mash"alasi chorladi.
  Unga tamon yursam, tunda,
  Suyaklarim porladi.
  
  
  Aybmidi, zulmatlarda.
  Chaqmoq kabi shoxlasam?
  Kengliklarda ozod esgan
  Shamollarni xoxlasam?
  
  
  Qonsiz labi sarg"ish so"lak,
  It tishladi oyog"im.
  Oqsoqlanib ketaverdim
  She"rlar qo"ltiqtayog"im.
  
  
  Yov yetkazgan jaroxatni
  Davoladim, tuzladim.
  Ko"z ilg"amas olislarda,
  Mamont kabi muzladim!
  
  
  
  
  2001 yil , yanvarü ,choshgox .
  Maslaxat qishlog"i.
  
  
  
  
  
  TONGNI KUTIB
  
  
  
  Tumanlar qoplagan kuzgi bog"lardek,
  Hayotim xuvillab qoldiku sizsiz.
  Xech kimga ko"rsatmay ko"z yoshlarimni
  Jimjitlik qa"riga ketaman izsiz,
  
  
  Sog"ingan bag"rimni kemirar xijron
  Ichkizib qo"yaman uyqumga zaxar
  Xorg"in chiroqlarga termulib masrur,
  Sizni eslagayman to subhi sahar.
  
  
  Men tongda odamday yashay boshlayman
  Bog"larga to"lganda shodligu sayroq.
  Atlas ko"ylagingiz etaklarini
  Tongi shabbodalar qilganda bayroq.
  
  
  
  
  1991 yil , kuz , Maslaxat qishlog"i .
  
  
  
  
  YuLDUZLI TUN
  
  
  ( Epifaniya )
  
  
  
  Yulduzlar menga shu qadar yaqin tuyuladiki, ulardan birini otashkurak bilan qimchib olib sigaret tutashtirsa bo"ladiganday. Ular unut gulxanning so"nggi cho"g"lari singari
  yallig"lanadi. Naqadar go"zal va sirli osmon!
  Aytganday, sen shu osmonday sirlisan. Bilasanmi, yulduzlarning manu shu nurlari bundan million yil burun yo"lga chiqqan edi. Ularning bugun yo"lga chiqqan nurlari yerga million yildan keyin yetib keladi.
  Sening nigoxing nurlari ham million yil burun yo"lga chiqqanday, bugungi nigoxing nurlari menga million yildan keyin yetib keladiganday tuyuladi, sevgilim!
  Son - sanoqsiz yulduzlar to"la poyonsiz osmon!
  Lablarimga sigaret qistirib cho"ntaklarimni paypaslayman. Gugurtim yo"q.
  
  
  
  
  1990 yil , noyabrü . Toshkent shahri .
  
  
  
  
  
  YoPILGAN ADVAKATURA
  
  
  ( Epifaniya )
  
  
  
  
  Men daraxtlarni, uylarni oqlayman. Meni esa qoralaydilar. Oqu qora atalgan bu ikki ziddiyatli tushuncha aro odamlarga hayrat va umid bilan elovrab qarayman.
  Men oqlasam ular qoralaydilar. Qoralovchilar buncha ko"p bo"lmasa deyman o"zimga o"zim. So"ng birdan advakatim yodimga tushadi. O"pkam to"lib xo"rligim keladi.
  Qanday yaxshi advokat ediya, raxmatli - deyman. Ba"zan uning yopib qo"yilgan advokaturasiga borib ostonasiga gulchanbar qo"yib kelsammikin - deya o"ylab ketaman.
  Eh, pora olmaydigan, sotilmaydigan mening mehribon advokatim - jafokash onam!
  
  
  
  
  11 . 06 . 2005 yil . Kunduz soat 4 dan 25 minut o"tdi . Andijon .
  
  
  
  
  Devona
  
  
   ( Doniyor Samadovga )
  
  
  
  
  Daraxtlar g"o"dayar xoda yutganday ,
  Chivinlar vizillab eshakni quvlar .
  Tirjaya boshlaydi negadir g"uncha ,
  Aqldan ozadi qiqirlab suvlar .
  
  
  
  Qozonga berkinding ulardan qochib ,
  Og"rib ketsa hamki bukilgan tizzang .
  Qozonning ostida vaxshiy alanga ,
  Qopqoq berk . qozonda qoraygan jizzang .
  
  
  
  
  
  
  
  2004 yil,21 fevralü , shanba . Kech soat
  15 minut kam 5 . Maslaxat qishlog"i.
  
  
  
  
  
  BAHOR YoMG"IRI
  
  
  ( Epifaniya )
  
  
  
  
  Ayvonda o"tirganimcha yaqinlashib kelayotgan qora bulutlarni kuzataman. Nazarimda bulutlar bahor shamollarida dengiz to"lqinlari kabi shovullayotgan yam - yashil daraxtlarga tegib o"tayotganday tuyuladi.
  Qishloqning mo"rili, oqlangan uylari esa to"fonda qolgan kemalarga, afsonaviy flotiliyaga o"xshaydi. Uylarning teleantenalari, kaptar xavozalari machtalardek chayqaladi. Bu orada shamol yana kuchaydi . Yomg"ir ham endi sharros quya boshladi. Men yomg"ir shovqiniga quloq solaman. Ko"chadan avtomobillar vishillab o"tadi. Bulutlar shu qadar quyuqlashdiki, atrof qorong"ilashib ketdi. Chaqmoqlar yomg"irli qishloqni har tamondan suratga olayotgan fotografga o"xshaydi. Men chaqmoq nurida sening gulgun yuzlaringni va soyaboningni ko"rishga ulgurdim. Xayron qolarli darajada zaxarli qo"ziqorin "Muxomor"ga o"xshash qizil soyaboningni.
  Mening uyim yam - yashil, qalin daraxtzorlar to"lqiniga g"arq bo"layotir.
  Men tryumda qolib ketgan g"ofil dengizchi kabi tobora yashillik qa"riga cho"kib borayapman.
  POLUNDRA - A -A -A -A!
  
  
  
  
  
  1997 yil , 10 may ,
  kunduz soat 4 dan 25 minut o"tdi.
   Maslaxat qishlog"i .
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
 Âàøà îöåíêà:

Ñâÿçàòüñÿ ñ ïðîãðàììèñòîì ñàéòà.

Íîâûå êíèãè àâòîðîâ ÑÈ, âûøåäøèå èç ïå÷àòè:
Î.Áîëäûðåâà "Êðàäóø. ×óæèå äóøè" Ì.Íèêîëàåâ "Âòîðæåíèå íà Çåìëþ"

Êàê ïîïàñòü â ýòoò ñïèñîê
Ñàéò - "Õóäîæíèêè" .. || .. Äîñêà îá'ÿâëåíèé "Êíèãè"