Xayku va tankalarda koʻp qirrali nimkosa ma'no, kinoya, fisqu fasod, falsafiy mazmun mushoxadalar yoʻq.Bu ixcham poetik janr goʻzal tabiat manzaralarini, yoxud narsalar xolatini, yoki odamning muayyan ruhiy kayfiyatini aks etdirish orqali oʻquvchiga xayrat bagʻishlash, osuda tonglar kabi toza tuygʻular baxsh etish san'atidir.Xayku va tankalarda aks etdirilgan manzaralarni koʻz oldingizga keltira olsangiz, togʻdagi qishloqda oy chiqishini sargʻayib kuzatayotgan dexqonlar holatini,butazorlar ortidan ohista koʻtarilayotgan toʻlin oyni koʻrayotganday, chigirtkalar chirillashini eshitayotganday, boʻlasiz.Tahayyul va tahayyur shu'lalariga yoʻgʻrilasiz. Xayku va tankalarni o'qiyotgan odam ko'z o'ngida so'z bilan aks etdirilgan manzaraga hayrat ichra termulib turgan yolg'iz odam siymosi gavdalanadi. Keyin, o'quvchi birdan o'sha yolg'iz odam o'zi ekanini his qiladi, hayol ko'zgusida o'z aksini ko'rganday bo'ladi, tuyg'ulanadi. Ha, xayku va tankalar yolg'izlikni kuylovchi ixcham, musaffo tong sukunati kabi osuda, insonni sehrlab qo'yguvchi biri biridan go'zal kartinalardir.
Quyida bundan olti asr avval yozilgan yapon xaykularini va tankalarini oʻz tarjimam orqali hukmingizga havola qilaman. Hammaga hayrli mutolaa tilab, Xoldor Vulqon.
----------------------------------------
1983 - 2013 yillar. Maslaxat qishlog'i, Andijon, Toshkent, Bishkek, Kanada.